loader image

Ko’rgazmalar

ANONS!

Joriy yil 27-mart kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xattot Salimjon Badalboyevning ijodiy faoliyati 50 yilligi va pedagogik faoliyati 35 yilligiga bagʻishlangan shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Navro‘zga bag‘ishlab hamkorlikda fotoko‘rgazma ochildi

18 mart kuni Toshkent Fotosuratlar uyida  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.03. 2024 yilgi PQ-113-sonli qaroriga binoan O’zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, O’zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, O’zbekiston milliy axborot agentligi, Toshkent Fotosuratlar uyi hamkorligida  Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” shiori ostida fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Go‘zallik va […]

ANONS!

Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» shiori ostida o‘tkaziladigan fotoko‘rgazmaga taklif etamiz. Ko‘rgazmaning ochilish marosimi joriy yil 18-mart kuni soat 11:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

ANONS!

Joriy yil 15-26-mart kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Vladivostok rassomlarining «Osmonda dengiz» deb nomlangan ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Ko‘rgazmaning ochilishi marosimi 15-mart kuni soat 12:00 da Badiiy akademiyaning “Akademiya” galereyasida bo‘lib o‘tadi. 📍Manzil: Toshkent sh., S.Azimov ko‘chasi, 35-uy

ANONS!

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Toshkent fotosuratlar uyida Zafar Ro’ziqulovning “Qalbimdagi Vatanim” deb nomlangan shaxsiy koʻrgazmasi tashkil etilmoqda. Koʻrgazmaning  ochilish marosimi joriy yilning 19-mart kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.

ANONS!

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida  20-mart kuni soat 15:00 da “Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z!” deb nomlangan bayram vernisajining ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

Bahor vernisaji

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bugun Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Bahor vernisaji” ko‘rgazmasi ochildi. Vernisajda taniqli kulol – ustalar Nazira Kuziyeva va Rimma Gazaliyevaning kompozitsiyalari, haykaltarosh Lyudviga Nesterovich yaratgan haykaltaroshlik asarlarini tomosha qilishingiz mumkin. Marina Proninaning grafik portretlari bizni shakl va tasavvurning metamorfozalari bilan hayratda qoldiradi, Li Tatyananing taʼsirchan va samimiy asarlarida esa, bizni […]

ANONS!

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Bahor vernisaji” deb nomlangan Respublika badiiy koʻrgazmasi taskil etilmoqda. Koʻrgazmaning ochilish marosimi joriy yil 7 mart kuni soat 15:00 da Markaziy koʻrgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi.

ANONS!

«Buyuk ipak yo’li ranglarda» nomli fotoko’rgazma 2024 yilning 6 mart kuni soat 17:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida «Buyuk ipak yo’li ranglarda» nomli fotoko’rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul. Manzil: Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 37 «A».

ANONS!

Xattot Islom Muhammadning «Nay qalam» deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasiga taklif qilamiz. Ko‘rgazmaning ochilish marosimi joriy yil 6-mart kuni soat 16:00 da Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyida bo‘lib o‘tadi.

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.