Poytaxtimizdagi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon-saroyida O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida diplomatik munosabatlari o’rnatilganligining 20 yilligiga bag’ishlangan “Ikuo Xirayama – O’zbekiston, Yaponiya va Buyuk Ipak yo’li san’ati va madaniyati” nomli xotira ko’rgazmasi ochildi.
Ko’rgazma “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg’armasi, Ikuo Xirayama nomidagi Buyuk Ipak yўli fond-muzeyi, Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro karvon-saroyi tomonidan tashkil etildi.
G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyida “Tazqirat ul-avliyo” kitobi nashr etildi.
Buyuk musavvir shoir, mutafakkir va tazkiranavis Fariduddin Attorning ushbu asari nasrda bitilgan yagona va mashhur asar bo`lib, unda tasavvuf shayxlari, avliyoullohlarning hayoti, kashfu karomatlari, turli tasavvufiy istilohlar, – shariat, tariqat, ma’rifat, tavakkul, rizo, sabr, shukr kabilarga ularning qarashlari bayon etilgan.
to`liq oqish →I Umumiy qoidalar
Xalqaro Biennale bolalar badiiy ijodiyotini qo`llab-quvvatlash, O`zbekiston bolalarining dunyo mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan o`zaro ijodiy muloqot va turli madaniyatlar haqida tasavvurni boyitish, yangi izlanuvchan ixtiro iqtidorlarini aniqlash, tasviriy san’at borasida yosh san’atsevarlarning kasbiy ko`nikmalarini takomillashtirish uchun qo`shimcha sharoitlar yaratish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi bolalarning intellektual o`sishini rag`batlantirish, ularning Ona-Vatani va jahon tarixi hamda madaniyatiga qiziqishi, tasavvurini yanada kengaytirish maqsadida o`tkaziladi.
to`liq oqish →O`zbekiston Badiiy akademiya sida akademiya raisi Ơzbekiston xalq rassomi Akmal Nuridinovning (Akmal Nur) yurtimizda ijodiy safar bilan tashrif bu rgan Shanxay dơstlik assosiasi sining Bosh kotibi y Szyan xao va unga hamroxlik qilgan bir qator Xitoy Xalq Respublikasi delegasiya si a’zolari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi
to`liq oqish →Yoshlar ijod saroyi binosida Yaponiyalik dunyoga tanilgan rassom, buyuk tadqiqotchi-olim Ikuo Xirayama hayoti va ijodiga bag`ishlangan “O`zbekiston, Yaponiya va Buyuk Ipak yo`li, hayoti va turmush tarzi” deb nomlangan ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmani tashkilotchilari “O`zbekiston madaniyati va sanati Forumi”, Ikuo Xirayama nomidagi Ipak yo`li muzey-jamg`armasi, O`zbekiston Badiiy Akademiyasi tizimidagi Ikuo Xirayama nomli xalqaro madaniyat karvon-saroyi.
to`liq oqish →O`zbekiston Tasviriy san’at galereyasida O`zbekiston Bagiiy akademiyasining akademigi, professor Akmal Ikromjonov tavallud topgan kunining 60-yilligi munosabati bilan shaxsiy ko`rgazmasi ochildi.Ko`rgazmaning ochilish marosimidan oldin yangrab turgan karnay va surnay sadolari, mashhur go`shiqchilarning chiqishlari tadbirga bayramona shukuh baxsh etdi. Taniqli rassom hayotidagi muhim voqeani birgalikda nishonlash uchun bu erga madaniyat va san`at namoyondalari, qator vazirlik va idoralar rahbarlari, Akmal Ikromjonovning hamkasiblari, yaqin qarindosh va do`stlari yig`ilishdi.
to`liq oqish →K.Behzod nomidagi Memorial bog`-muzeyida yosh, iqtidorli rangtasvirchi Nasiba Abzalovaning
“Iztirob” deb nomlangan shaxsiy ko`rgazmasi ochildi. Nasibaning rasm chizishga bo`lgan ishtiyoqi bolalik chog`laridanoq sezila boshlagan. U Toshkent Politexnika Universitetida taxsil olayotgan kezlarida bir qator rangtasvir va grafika yo`nalishida asarlar yaratgan. Meni, deydi muallif, oilam, shuningdek yurtimizning bepoyon kengliklari ilxomlantiradi. Uning asarlari o`zining koloriti, kompozitsion yechimi va mavzui jihatidan rang-barangdir. Uning tuyg`ulari, ichki kechinmalari, dunyoqarashi yaratgan asarlarida o`z ifodasini topgan. Yosh rangtasvirchi bugungi kunda ijodiy izlanish pog`onasida.
to`liq oqish →