Arxiv
Muallif :admin

Yuragimga yaqin odamlar

30.01.2013 | Bo`lim:
IMG_0240-

2013 yilning 25-26 yanvar kunlari Samarqand shahridagi qishloq Xo`jaligi Institutida Nazira Boymurodovaning “Obod turmush yili”ga bag`ishlangan “Yuragimga yaqin odamlar” shaxsiy fotoko`rgazmasi ochildi. Ko`rgazma ekspozitsiyasidan muallifning vatan manzaralari, oila, baxtli bolalik, qolaversa, ijodkor yuragiga yaqin odamlarning 100ga yaqin badiiy foto asarlari o`rin olgan.

to`liq oqish →

Muallif :admin

Ashyoga ko`chgan mahorat

| Bo`lim:
IMG_8498-

O`zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon-saroyida rassom Narimon Sharipovning noyob san`at turlaridan biri bo`lgan ofort va linogravyura bo`yicha “Ustoz va shogird” nomli ko`rgazmaning ochilishi hamda uning doirasida mahorat oshirish darslari bo`lib o`tdi.

to`liq oqish →

Muallif :admin

Top-Art g`oliblarini taqdirlash

28.01.2013 | Bo`lim:
DSC_3221-

2012 yilda O`zbekistonda badiiy hayot g`oyat rang-barang va juda sermazmun bo`ldi. Bu yilda tarixiy-madaniy meros, zamonaviy san`at, yoshlar  madaniyati, bolalar badiiy ijodini namoyish qiluvchi keng ko`lamli madaniy loyihalar, o`zbek va xorijlik rassomlarning shaxsiy ko`rgazmalar bo`lib o`tdi.

to`liq oqish →

Muallif :admin

Ko`chma ko`rgazma o`z ishini boshladi

| Bo`lim:
Файзулла Ахмадалиев. Афсона. 1999.-

Joriy yildan O`zbekiston Badiiy Akademiyasi va Badiiy ko`rgazmalar direktsiyasi mamlakatimiz viloyatlari bo`ylab ko`chma ko`rgazmalar o`tkazish bo`yicha ko`p yillik amaliyotni qayta tikladilar. O`zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan tashkil qilingan ko`rgazma “Obod turmush” yiliga bag`ishlangan bo`lib, “Ilhomlar dunyosi” deb nomlanadi.

to`liq oqish →

Muallif :admin

“Toshkent quvonchlari” Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesi

11.01.2013 | Bo`lim:
IMG_6710-

Xar yili oktyabry oyida poytaxtimizda O`zbekiston Badiiy Akademiyasi, “O`zbekiston madaniyati va sanaati Forumi” jamg`armasi, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va O`zbekiston Xalq taalimi vazirliklari tomonidan tashkil qilingan “Toshkent quvonchlari” Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesi bo`lib o`tadi.

to`liq oqish →

Muallif :admin

Xalqaro Fotobiyennale

| Bo`lim:
IMG_3611

O`zbekiston Badiiy Akademiyasi hamda “O`zbekiston madaniyati va san`ati Forumi” jamg`armasi bilan hamkorlikda “Art-Week Stile.Uz” doirasida har ikki yilda bir marotaba (yilning juft sanalarida) Toshkent Xalqaro Fotobiyennalesini o`tkazadi. Unda turli mamlakatlardan tashrif buyurgan taniqli va mashhur fotorassomlar o`z asarlarini namoyish qiladilar.

to`liq oqish →

Muallif :admin

O`zbekiston tasviriy san’at haftaligi

| Bo`lim:
НИИ-2012-день второй 030

San’at – insoniyat tafakkurining betimsol mahsuli. U kishilar O`rtasidagi mehr-muhabbat rishtalarini mustahkamlaydi, har birimizni mo`’jizaviy go`zallik sari yetaklaydi. Ushbu omillar xisobga olingan xolda yurtimizda tasviriy va Amaliy san’at rivojiga katta e’tibor berilayotgani bejiz emas. Yosh avlod iste’dodi va qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, madaniy saviyasini yuksaltirish, milliy va jahon san’ati namunalaridan bahramand bo`lishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish Prezidentimiz Islom Karimov siyosatining muhim yo`nalishlaridan biridir.

to`liq oqish →

Muallif :admin

Zamonaviy tasviriy san’at haftaligi

| Bo`lim:

Har yili oktyabr oyida o`tkaziladigan “Art-Week Stile.Uz” san’at haftaligi doirasida tashkil etiladigan Xalqaro zamonaviy tasviriy san’at Biyennalesi yurtimizda nishonlanadigan o`ziga xos madaniy bayramlarga aylandi. Ushbu ko`rgazmaga tashrif buyurgan har bir tomoshabin nafaqat o`zbek tasviriy san’atining eng zamonaviy yutuqlari, balki dunyoning ko`plab davlatlari asarlari bilan tanishish imkoniga ega bo`ladilar. Tadbirning asosiy tashkilotchilari O`zbekiston Badiiy Akademiyasi, “O`zbekiston madaniyati va san’ati Forumi” jamg`armasi, O`zbekistondagi YUNESKO vakolatxonasi hamda Toshkent shahri hokimiyati.

to`liq oqish →

Bo`limlar:
Arxiv: