2022 yilning 19 dekabr kuni soat 15:00da Oʼzbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Toshkent quvonchlari” an`anaviy IX – Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.Bu yilgi tanlovda 2500ga yaqin asar namoyish qilinadi. Bundan 2000 yaqin asar Toshkent shahri, respublikamizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog`izton Respublikasidan yuborilgan. 500 asar esa ularning chet el tengdoshlari tomonidan taqdim etilgan.“Toshkent quvonchlari” an`anaviy IX–Xalqaro bolalar rasmlari Biennalesi joriy yilning 19 dekabridan 23 dekabrigacha davom etadi.Gʼoliblar 23 dekabr kuni soat 15:00da O`zbekiston badiiy akademiyasining Anjumanlar zalida taqdirlanadi.