loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Xattotlik ko‘rgazmasi

Bugun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xattot Salimjon Badalboyevning ijodiy faoliyati 50 yilligi va pedagogik faoliyati 35 yilligiga bagʻishlangan shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.          

Taniqli xattotga oltin medal berildi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi,taniqli xattot Habibullo Soliyev O‘zbekistonda xattotlik sanʼatini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi hamda uzoq yillik fidokorona xizmatlari uchun Badiiy akademiyaning oltin medali bilan taqdirlandi. Xattotga oltin medalni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur topshirdi. Habibullo Soliyev 1998 yili Istanbulda o‘tkazilgan xalqaro xattotlar bellashuvida “Devoniy” xat uslubi […]

Matbuot anjumani

2023 yilda mamlakatimizda tasviriy va amaliy sanʼat sohasini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirish bo‘yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturida Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga oid tegishli bandlar ijrosini taʼminlash maqsadida Badiiy […]

ANONS!

Joriy yil 27-mart kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xattot Salimjon Badalboyevning ijodiy faoliyati 50 yilligi va pedagogik faoliyati 35 yilligiga bagʻishlangan shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi

26-mart  kuni soat 15:00 da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. ✅ Mavzu: “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2023-yildagi faoliyati yakunlari va 2024-yildagi ustuvor vazifalari”. 📲 Matbuot anjumani UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook (https://www.facebook.com/uzreport.tv) dagi sahifasi orqali JONLI translyatsiya qilinadi. 👉 Ushbu matbuot anjumaniga jurnalistlarni, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali – 2024

Milliy sanʼatimizning avloddan avlodga o‘tib kelayotgan boy merosi, bugungi salohiyati va rivojlanishini targ‘ib etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining   “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi  faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son, “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yana-da oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarorlari ijrosi yuzasidan Badiiy akademiya hamda qator vazirlik, […]

Navro‘zga bag‘ishlab hamkorlikda fotoko‘rgazma ochildi

18 mart kuni Toshkent Fotosuratlar uyida  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.03. 2024 yilgi PQ-113-sonli qaroriga binoan O’zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, O’zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi, O’zbekiston milliy axborot agentligi, Toshkent Fotosuratlar uyi hamkorligida  Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” shiori ostida fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Go‘zallik va […]

ANONS!

Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab «Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!» shiori ostida o‘tkaziladigan fotoko‘rgazmaga taklif etamiz. Ko‘rgazmaning ochilish marosimi joriy yil 18-mart kuni soat 11:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

ANONS!

Joriy yil 15-26-mart kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Vladivostok rassomlarining «Osmonda dengiz» deb nomlangan ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Ko‘rgazmaning ochilishi marosimi 15-mart kuni soat 12:00 da Badiiy akademiyaning “Akademiya” galereyasida bo‘lib o‘tadi. 📍Manzil: Toshkent sh., S.Azimov ko‘chasi, 35-uy

Respublika ko‘rgazmali seminari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning: Biz uchun «Qoraqalpog‘istonning yutug‘i – butun O‘zbekistonning yutug‘i, Qoraqalpog‘istonning tashvishi – O‘zbekistonning tashvishi»,– degan bosh g‘oyasi asosida joriy yilning 11-12-mart kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Qoʻngʻirot va Mo‘ynoq tumanlarida «O‘zbekiston – 2030» Taraqqiyot strategiyasi hamda 2024-yil – «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»ga bag‘ishlangan Respublika ko‘rgazmali seminari tashkil etildi. Mazkur seminarga O‘zbekiston Badiiy […]

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.