loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

ANONS!

Ertaga,4-iyul kuni soat 17:00 da poytaxtimizdagi Toshkent fotosuratlar uyida “Navqiron O‘zbekiston” iqtidorli yoshlar respublika zamonaviy sanʼat ko‘rgazmasi tanlovining yopilish hamda g’oliblarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.

Manga uslubida chizilgan rasmlar ko`rgazma-tanlovi

2023 yilning 22 iyun kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida Manga uslubida chizilgan rasmlar ko’rgazma-tanlovining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Tanlovda manga – turli yoshdagi 22 nafar ishtirokchilarning ishlari namoyish qilindi. Ko`rgazma – tanlov tashkilotchilari: O`zbekiston Badiiy akademiyasi, “O`zbekiston – Yaponiya” Do`stlik jamiyati, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon […]

Talabalar nusxa ko‘chirishdi

2022-2023- o‘quv yilining iyun oyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dastgohli rangtasvir kafedrasi 3-bosqich talabalarining O‘zbekiston davlat san’at muzeyida nusxa ko‘chirish amaliyoti bo‘lib o‘tdi. Amaliyot davomida 27 nafar talaba muzey kolleksiyasida saqlanayotgan, XIX-XX asrlarda yashab ijod qilgan o‘zbek, evropa va rus rassomlarining asarlaridan nusxa ko‘chirishdi. Yakunda bir guruh ustozlar, rassom va akademiklar […]

AZIZ ISTE’DODLI VA IJODKOR YOSHLAR!

Badiiy ta’lim sohasida yetakchi oliy ta’lim dargohi bo‘lgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2023/2024 o‘quv yili uchun Qabul jarayonlari boshlandi! ✅ Institutda hozirda 29 ta kunduzgi bakalavriat, 7 ta sirtqi ta’lim yo‘nalishi hamda 16 ta magistratura mutaxassisliklari uchun abituriyentlar qabul qilinmoqda. ✅ Shuningdek, yangi o‘quv yilidan boshlab institutda San’at jurnalistikasi, Badiiy naqqoshlik […]

Ўзбекистон Бадиий академияси раиси Акмал Нур Шанҳай Ҳамкорлик Ташкилотининг эзгу ният элчиси бўлди

Шу йил 20 июнь куни Пекин шаҳрида ШҲТ кунига бағишланган тантанали қабул маросими доирасида Ташкилотга аъзо давлатлар тегишли вакилларининг биринчи гуруҳига ШҲТнинг эзгу ният элчиси фахрий унвонини топширишга бағишланган тантанали маросим бўлиб ўтди. Маросимда ШҲТга аъзо давлатлар элчилари, доимий вакиллари, Хитой давлат муассасалари вакиллари, ШҲТ кoтибияти раҳбарияти ҳамда ходимлари иштирок этди. Тадбирда ШҲТ Бош котиби […]

Бокуда фотокўргазма

Ҳусниддин Атодан яна бир фотокўргазма, ёхуд номоддий маданий мерос тарғиботини давом эттириб… Озарбайжоннинг Боку шаҳрида бўлиб ўтаётган 6-Муғом олами халқаро мусиқа фестивали доирасида Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси аъзоси, фоторассом Ҳусниддин Атонинг “Муғом ижрочилари” номли махсус фотокўргазмаси ташкил этилди. Ҳайдар Алиев фонди ҳамда Озарбайжон Маданият вазирлиги томонидан ташкил этилган кўргазмада муаллифнинг Ўзбекистон, Озарбайжон, Ҳиндистон, Покистон ҳамда […]

Бадиий академия раиси ТУРКСОЙнинг олтин медалини олди

Ўзбекистон Бадиий академияси раиси Акмал Нур Тошкент шаҳрида ўтган ТУРКСОЙнинг 30 йиллик юбилей тантаналари доирасида туркий давлатлар орасида маданият ва санъатнинг кенг тарғиботи, профессионал маҳорати билан туркий давлатларда обрў ва эътибор қозонган таниқли маданият ва санъат ходимлари учун таъсис этилган “Олтин медаль” мукофоти билан тақдирланди. Мукофотни ТУРКСОЙ Бош котиби Султанбай Раев топширди. Турк дунёсининг муштарак […]

‼️ DIQQAT!

YOSh IJODKORLAR UCHUN YANA BIR TANLOV! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 2 fevraldagi PQ-112-son qaroriga asosan taʼlim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovi eʼlon qilinadi. Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tasviriy sanʼat yo‘nalishi (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) bo‘yicha yaratilgan ijodiy […]

Ижодкорнинг шахсий кўргазмаси

15 июнь куни Тошкент фотосуратлар уйида Ўзбекистон акварель устаси Олимжон Фозиловнинг “Акварел” номли шахсий кўргазмасининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Кўргазмада рассомнинг 60 га яқин акварелда ишланган асарлари этюд ва хомаки ишлари намойиш этилмоқда. Кўргазма ташкилотчилари: Ўзбекистон Бадиий академияси, Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси, Тошкент фотосуратлар уйи. Акварелда рангтасвир асарларини яратиш бирмунча мушкул. У ижодкордан тезлик билан […]

Ijodiy uchrashuv

Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasining anjumanlar zalida O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Badiiy akademiya huzuridagi malaka oshirish markazi tinglovchilari – Andijon viloyati bolalar musiqa va sanʼat maktabi o‘qituvchilari ishtirok etgan tadbirda Akmal Nurning ijodi, rangtasvirdagi yuksak mahorati, hayotiy tajribasi haqida so‘z bordi. Tasviriy sanʼat ezgulikga xizmat qilishi, insoniy tuyg‘ularni tarbiyalashi […]

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.