loader image

Фестиваль

Xorazm

Xorazm viloyati Urganch shahridagi Tasviriy amaliy san’at litsey-internatida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Unda litsey, O’zbekiston Badiiy ijodkorlar Xorazm viloyat bo’limi mutassadilsri, rassom M. Xudoyberganov, Badiiy akademiya kademigi B. Boltoyev, litsey rassom va fan o’qituvchilari va o’quvchilari qatnashdi.So’zga chiqqanlarb bugungi tadbirni chiroyli boshlanganligi, yurtimizda tasviriy va amaliy san’atga qiziqish yildan-yilga […]

ФЕСТИВАЛЬ УЧИНЧИ КУН

Қорақалпоғистон Республикаси ихтисослащтирилган санъат мактаб-интернатида Халқаро анъанавий «Тасвирий ва амалий санъат фестивали» доирасида Бердақ номидаги давлат мукофоти, Қорақалпоғистон Республикасига хизмат кўрсатган санъат арбоби, Ӯзбекистон Республикаси халқ рассоми, Ўзбекистон Бадиий академияси ҳақиқий аъзоси, академик Жоллибай Изентаевнинг 80 йиллик таввалуди муносабати хотира кечаси ташкиллаштирилди. Кечага Ўзбекистон Бадиий академияси Қорақалпоғистон бўлими раиси У.Утегенова, Қорақалпоғистон халқ рассоми Ж.Лепесов, Қорақалпоғистон […]

Andijon

Andijon viloyatida Xalqaro anʼanaviy Tasviriy sanʼat haftaligining 3-kuni ham o‘ziga xos bayramona ruhda o‘tdi. Erta tongdan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi galereyasi joylashgan Jomeʼ meʼmoriy majmuasi hududi ijodkorlar va sanʼat muxlislari bilan gavjum bo‘ldi. Rassomlar, talaba va o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy uchrashuvlar, shuningdek, mahorat-darslari, plenerlar tashkil etildi.

Samarqand

Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси Самарқанд вилояти бўлимига қарашли картиналар галереясида Халқаро анъанавий Тасвирий ва амалий санъат фестивалида уюшманинг вилоят бўлими аъзоларининг «Самарқанд руҳи» номли кўргазмаси очилди. Кўргазма доирасида график рассом Нуритдин Калонов томонидан ёш ижодкорлар учун маҳорат дарси ташкил этилди. Шунингдек,Самарқанд ихтисослаштирилган санъат мактаб-интернати дизайн бўлими ўқувчиларининг либослари ва дизайнер Ҳамида Иноятованинг шахсий коллекцияси намойиш […]

Namangan

Namangan viloyat ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida «Ochiq osmon ostidagi rangli moʻjizalar» mavzusida tasviriy va amaliy sanʼat asarlari ko‘rgazmasi ochildi.Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limiga aʼzo rassomlar tomonidan mahorat darslari va plenerlar namoyish qilindi.Tadbir yakunida faol ishtirokchilar festivalning maxsus diplom va sertifikati bilan taqdirlanishdi.

Sirdaryo

Sirdaryo viloyati Guliston shahar Maʼnaviyat va Maʼrifat ko‘rgazmalar zalida Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo’limi aʼzolarining ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Сирдарёда 2-куни

Сирдарё ИСМИда давом этаётган Халқаро анъанавий Тасвирий ва амалий санъат фестивали 2-кунида устозлар томонидан маҳорат дарслари ўтказилди.

Navoiyda festivali 2-kuni

Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalining ikkinchi kunida Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatida «Bahor bu joziba, bahor bu ilhom» shiori ostida tasviriy va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi, mahorat darslari hamda tumandagi umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan yuzdan ortiq yoshlar o‘rtasida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryoda Festivali 2-kuni

Halqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali 2-kunida Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida 11-b sinf «Dastgohli rangtasvir rassomi» yo’nalashi o’quvchilari Sh.Pulatov va B.Ismoilovlarning shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Ko’rgazmada yosh rassomlarning moybuyoqda va akvarelda ishlangan Shahrisabzning so’lim go’shalari tasvirlangan asarlari, tashrif buyuruvchilarga yaxshi taasurot qoldirdi.Jajji bolajonlarimizning «Asfaltga chizish» musobaqasida qatnashishi ularga olam-olam quvonch olib keldi.

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.