loader image

Ko’rgazmalar

Gullash vaqti keldi

Bugun Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy san‘at festivalining 2-kunida Toshkent fotosuratlar uyida Toshkent xalqaro Kimyo universiteti “Rangtasvir” yo‘nalishi talabalarining “Gullash vaqti keldi” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Toshkent xalqaro Kimyo universiteti mamlakatdagi birinchi xususiy oliy ta‘lim muassasasidir (dastlab Toshkent shahridagi YODJU texnika instituti nomi bilan tashkil etilgan). Universitetda o‘zbek, rus va ingliz tillarida yuqori malakali bakalavr va […]

Turk dunyosi rassomlarining uchrashuvi

Bugun Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy san‘at festivalining 2-kunida O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY tashkilotiga  aʼzo mamlakatlar rassomlarining “Turk dunyosi rassomlarining uchrashuvi” nomli xalqaro  ko‘rgazmasi ochildi. O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasida ikkinchi bor tashkil qilingan ko‘rgazmada tashkilotga aʼzo barcha davlatlar – Ozarbayjon, Turkiya, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan 22 nafar, O‘zbekistondan 18 nafar […]

Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali

Bugun Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivaliga start berildi. Markaziy ko’rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi tomonidan liboslar namoyishi tashkil qilindi. Markaziy ko’rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida Kemyung universiteti taekvondo sporti jamoasi (Keimyung University Taekwondo Demo Team) o’z […]

Ko‘prik

Bugun,6 aprel kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi galereyasida O‘zBIU Qo‘qon shahar bo‘limi a’zolarining «Ko‘prik» nomli ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan, Andijon, Qo‘qon, Farg‘ona viloyati bo‘limi raislari boshchiligida O‘zBIU a’zolari, ijodkorlar va hamkor tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda […]

Hammasi bo’ladi Ok!

2-aprel kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Rustam Bazarovning “Hammasi bo’ladi Ok!” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Rassomning kartinalari 1993 yildan beri Toshkentdagi muzey va galereyalarda bir namoyish etib kelinmoqda. Rassom ijodida maishiy janr muhim o’rin tutadi. Uning qahramonlari turli xil hayotiy vaziyatlarda bo’lgan oddiy insonlardir. Qahramonlar shunchalik taniqliki, biz ularda qo’shnilarimizni, tanishlarimizni […]

OSTONADAN BOSHLANAR VATAN!

Andijonlik rassom Murod Umarning 70 yoshlik yubileyiga bag`ishlangan “OSTONADAN BOSHLANAR VATAN!” nomli shaxsiy ko`rgazmasi 2024 yilning 1 aprel kuni soat 17:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Andijonlik rassom Murod Umarning 70 yoshlik yubileyiga bag`ishlangan “OSTONADAN BOSHLANAR VATAN!” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada rassomning 50dan ortiq asarlari namoyish qilindi, […]

RANGLAR KAMALAGI

Alisher Saifnazarov, Aram Mnatsakanov, Gulshan Bobojonova va Rozanna Avetisovalarning “RANGLAR KAMALAGI” nomli ko`rgazmasi. Bugun O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida Alisher Saifnazarov, Aram Mnatsakanov, Gulshan Bobojonova va Rozanna Avetisovalarning “RANGLAR KAMALAGI” nomli ko`rgazmasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada 4 nafar o`quvchilarning 40ga yaqin asarlari namoyish qilindi. ✔️Ko`rgazma joriy yilning […]

Anons!

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rassom Rustam Bаzаrov «Hammasi bo‘ladi Ok!» nomli shaxsiy ko‘rgazmasini taqdim etadi. Ko‘razmaning ochilish marosimi 2-aprel kuni soat 17:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

ANONS!

Alisher Saifnazarov, Aram Mnatsakanov, Gulshan Bobojonova va Rozanna Avetisovalarning «RANGLAR KAMALAGI» nomli ko’rgazmasi 2024 yilning 1 aprel kuni soat 15:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida Alisher Saifnazarov, Aram Mnatsakanov, Gulshan Bobojonova va Rozanna Avetisovalarning «RANGLAR KAMALAGI» nomli ko’rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul. Manzil: Yusuf Xos Xojib […]

Xattotlik ko‘rgazmasi

Bugun Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xattot Salimjon Badalboyevning ijodiy faoliyati 50 yilligi va pedagogik faoliyati 35 yilligiga bagʻishlangan shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.          

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.