loader image

Ko’rgazmalar

ANONS!

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «O‘zbek ayoli – o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi» nomli anʼanaviy 3-Respublika fotoko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Mazkur fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi joriy yil 5-mart kuni soat 11:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

«Ichimdagi ichimdadir»

27-fevral kuni poytaxtimizda O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nurning «Ichimdagi ichimdadir» nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda madaniyat va san’at sohasi, O‘zbekistondagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar, OAV vakillari, muallif ijodi muxlislari ishtirok etdi. Ko‘rgazmada atoqli rassomning so‘nggi besh yil davomida yaratgan 70 ta asari o‘rin oldi.

Anons!!!

2024 yilning 21 fevral kuni soat 16:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida Milliy Rassomlik va dizayn instituti talabalarining an’anaviy «Grafika: Ishtiyoq va mahorat» nomli ko’rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. ✅Kirish bepul. Manzil: Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 37 «A».

Ko‘rik-tanlov ko‘rgazmasi

Bugun Toshkent fotosuratlar uyida taniqli rumin haykaltaroshi Konstantin Brankuzi (1876-1957)shaxsi va ijodiga bag‘ishlangan rangtasvir va haykaltaroshlik ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari tomonidan Konstantin Brankuzining ijodidan ilhomlanib, ulug‘ rassom shaxsiga hurmat sifatida yaratgan kartina va haykaltaroshlik asarlari namunalari o‘rin oldi. Konstantin Brankuzi XX asrning mashhur haykaltaroshlaridan biri hisoblanadi. U […]

ANONS!!!

Ruminiyaning О’zbekistondagi elchixonasi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida abstrakt haykaltaroshlik san’atining asoschisi Сonstantin Branсusi ijodiga bag’ishlab yosh rassomlar о’rtasida o’tkazilgan kо’rik-tanlov ko’rgazmasiga taklif etamiz. Ochilish marosimi Toshkent fotosuratlar uyida 19-fevral kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekning musavviri

Bugun O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan «Men o‘zbekning musavviriman» deb nomlangan xotira ko‘rgazmasi ochildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan joriy yilda O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev tavalludining 70 yilligi keng nishonlamoqda, Badiiy akademiya tomonidan sanaga bag‘ishlab badiiy-maʼrifiy xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur farmoyish […]

“Chiziqdan shaklgacha”

14-fevral kuni Toshkent fotosuratlar uyida taniqli haykaltarosh, rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Azamat Xatamovning “Chiziqdan shaklgacha” nomli shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada rassomning 47 ta grafika va 4 ta haykaltaroshlik asarlari o’rin oldi. A.Xatamov uzoq yillardan buyon Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga haykaltaroshlik sir-asrorlaridan saboq berib kelmoqda. San’atshunos olimlar […]

Diqqat, ijodiy tanlov

О‘zbekiston xalq rassomi, professor Bahodir Jalolov tashabbusi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari o‘rtasida “Birinchi renessans. Yuksalish” nomli tasviriy san’at asarlari kо‘rik-tanlovi e’lon qilindi! Tanlovning maqsadi — Xorazm Ma’mun akademiyasining jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishdagi tarixiy hissasini targ‘ib qilishdir. Tanlovda g‘olib deb topilgan 3 ta ijodiy ish mualliflari quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan […]

Ajdodlar ruhi mangu barhayot

Bugun, 14-fevral kuni Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan maktab o’qituvchisi Dilshod Vohobovning «Ajdodlar ruhi mangu barhayot» nomli shaxsiy ko’rgazmasini ochillish marosimi bo’lib o’tdi. Ekspozitsiyada rassomning allomalarimizga bag’ishlangan va eng sara ijod mahsullaridan iborat 60 yaqin asarlari namoyish […]

Anons!

Joriy yilning 14-fevral kuni, soat 17:00 da, Toshkent Fotosuratlar uyida taniqli haykaltarosh, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Аzamat Xatamovning “Chiziqdan shaklgacha” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.