loader image

Yangiliklar

Go‘zallikdan lavhalar

9 iyun kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, «Mehnat shuhrati» ordeni soxibi, taniqli rassom Erkaboy Masharipovning «Go‘zallikdan lavhalar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada rassomning 75 ga yaqin tarixiy, portret va manzara janridagi rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda. Ijodkor asarlarida rangtasvirning realizm, ekspressionizm, sivolizm, naturalizm singari g‘arbga xos yo‘nalishlari bilan bir […]

O‘zbekiston va Yaponiya arxitekturasi ko‘rgazmasi

9 iyun kuni O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Yaponiya va O‘zbekiston arxitekturasi: an’analar va zamonaviylik” ko‘rgazmasining ochilishi marosimi bo`lib o`tdi. Loyiha tashkilotchilar: O’zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi. Ushbu koʻrgazma loyihasi ishtirokchilari, xususan, Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy almashinuv, mahalliy meʼmorlar, dizaynerlar, rassomlarning anʼanalarni qayta […]

ANONS!!!

Ijodiy uchrashuv 2023 yilning 14 iyun kuni soat 16:00 da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida «O‘zbekiston va Yaponiya arxitekturasi: An’analar va zamonaviylik» nomli fotoko’rgazmasining kuratori Munis NUR bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul. Manzil: Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 37 «A».

BITIRUV MALAKAVIY ISHI HIMOYALARI – 4-KUN

Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakultetining «Mahobatli rangtasvir» hamda «Xattotlik va miniatyura» ta’lim yо‘nalishlari talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyalari bо‘lib о‘tdi. Unda «Raqs jilosi», «Tafakkur mahsuli», «Yangi asr avlodi», «Yurtim jilosi» va boshqa mavzular asosida yaratilgan mahobatli rangtasvir kompozitsiyalari hakamlar va tomoshabinlar hukmiga havola etildi. Xattotlik va miniatyura ta’lim […]

АНОНС!

9 июня 2023 года в 16:00 в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии художеств Узбекистана, состоится церемония открытия фотовыставки «Архитектура Узбекистана и Японии:Традиции и современность». Данная фотовыставка представляет собой фотографии, которые знакомят зрителя с зодчеством Японии и Узбекистана разных периодов и помогает проследить как традиционные архитектурные приёмы продолжают свою жизнь в новых […]

Talabalarning shaxsiy ko’rgazmasi

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi ko‘rgazmalar zalida Qarshi davlat universitetining Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti talabasi Mekka Ro‘ziyeva va San’atshunoslik fakulteti talabasi Feruza Ro‘ziyevaning “Nurli ijod” nomi ostida shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida talabalarning o‘ziga xos iqtidori e’tirof etilib, samarali ijodiy faoliyat uchun O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limining diplomi bilan taqdirlandi. […]

Bitiruv malakaviy ishi himoyalari — 3-kun

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Bitiruv malakaviy ishi himoyalari davom etmoqda. Bugun, 8-iyun kuni Tasviriy san’at fakultetining “Dastgoh va kitob grafikasi” ta’lim yо‘nalishi talabalarining Bitiruv malakaviy ishi himoyasi bо‘lib о‘tdi. Bitiruvchilar tomonidan “Sariq devni minib”, “Jek va loviya poyasi”, “Jahon xalq ertaklari” to‘plami, “Urush va tinchlik” va boshqa mavzular asosida yaratilgan va […]

Navbatdagi talabalar himoyasi

Shu kunlarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchilarining malakaviy ishi himoyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun,7-iyun kuni Institutning Tasviriy san’at fakulteti Teatr bezagi rangtasviri, Filmning tasviriy yechimi hamda Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi yо‘nalishlari talabalari bitiruv malakaviy ishi himoyasidan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Himoya boshida so‘zga chiqqan fakultet dekani Sh.Jumaniyazov hozirgi kunda о‘zbek kino, […]

ANONS!

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston va Yaponiya Arxitekturasi: An’analar va zamonaviylik» nomli fotoko’rgazma tashkil qilinmoqda. Mazkur fotoko’rgazmaning tantanali ochilish marosimi joriy yil 9 iyun kuni soat 16:00 da Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida bo‘lib o‘tadi.

Buyuk Ipak Yo`li bo`ylab

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida taniqli yapon rassomi Ikuo Hirayama reproduktsiyalarining “Buyuk Ipak Yo`li bo`ylab” nomli ko`rgazmasi ochildi. Tashkilotchilar: O`zbekiston Badiiy akademiyasi va Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi. Ko`rgazmada Ikuo Hirayama reproduktsiyalari Buyuk Ipak Yo`li bo`ylab safarlarida chizilgan. Ikuo Hirayama o’zining oxirgi kunlarigacha, taxminan 40 yil davomida […]

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.