preloder
Barcha tadbirlarga qaytish

Minsk shahrida Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi

September 2, 2019, 12:10 - September 28, 2019, 12:10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida Minsk shahri markazidagi so‘lim xiyobonda ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy byusti ochildi.
Ushbu tadbir madaniyatlararo munosabatlarning yangi tarixidagi ulkan voqelik bo‘ldi. Boisi, shu kungacha bu yerda bironta sharq mutafakkiriga bu qadar yuksak ehtirom ko‘rsatilmagan. Ushbu byust Belarus Respublikasida sharq adabiyotining buyuk dahosiga quyilgan ilk yodgorlikdir. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar qildi.
Hazrat Navoiyning yodgorlik byusti Minsk shahrining Kirov va Sverdlov ko‘chalari kesishmasida joylashgan xiyobonda o‘rnatildi. Byust Belarus haykaltaroshi Maksim Makarevich tomonidan yaratildi. Ikki mamlakat parlamenti a’zolari, adabiyot, madaniyat namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashgan, byust ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdan fotoreportaj (O‘zA olgan suratlar).

  • Turi: Simpozium
  • Vaqt: September 2, 2019 - 12:10 September 28, 2019 - 12:10

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.