preloder
Barcha tadbirlarga qaytish

“Raqs sehri” xalqaro festivali o‘tkaziladi

September 18, 2019, 12:07 - September 20, 2019, 12:07

Xalqimizning boy moddiy-ma’naviy merosi, urf-odat va an’analari, milliy hunarmandchiligi, tasviriy-amaliy san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish, ularni respublikamizda va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, shuningdek, sayyohlik, hunarmandchilik va madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalarini takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi PQ-2953-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi”ning 33-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan Xorazm viloyatida shu yilning 14-16 sentyabr kunlari qator tashkilotlar hamkorligida “Raqs sehri” xalqaro festivali o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 29 avgust kunidagi “Raqs sehri” xalqaro festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 14-14/1-970 son Bayonida tegishli vazifalar belgilangan. Unga ko‘ra, festival doirasida “Raqs san’atida milliy an’analarning ahamiyati” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman, davra suhbatlari, taqdimotlar, mahorat darslari o‘tkaziladi, Xorazm viloyatidagi yosh rassom va hunarmandlarni jalb qilgan holda tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmalarini tashkil etiladi.
Ayni paytda Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida festival logotipi, tantanali ochilish va yopilish ssenariysi ishlab chiqilmoqda.
Shuningdek, madaniy tadbirlar hamda sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimini o‘tkazishda gala konsert tashkil qilish va unga respublika miqyosidagi taniqli san’at ustalarini keng jalb etish, o‘zbek raqs san’ati tarixi foto ko‘rgazmasi hamda o‘zbek milliy liboslari bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etish rejalashtirilgan.

  • Turi: Seminar
  • Vaqt: September 18, 2019 - 12:07 September 20, 2019 - 12:07

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.