loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ko‘rgazma muhokamasi

Bugn, 28 dekabr kuni  O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida yosh rassom Malika Yunusovaning “Sirli olam” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Malika sanatning noyob uslubida ishlaydi. Otasi Narimon Sharipov va ustozlaridan gravyura sohasida saboq olib ofort, litografiya va linogravyurada asarlar yaratadi. Umidli yosh rassom ishiga mutaxassislar katta baho berishdi.

Muhokamada sanatshunoslardan N. Yodgorova, T. Ahmedov, Z. Usmonovlar ishtirok etishdi. Shuningdek, miniatyurachi rassom N. Usmonov, N. Sharipov, “MBM” dizayn guruhi direktori B. Mahmudov va bir guruh dizaynerlar qatnashdi.

Suhbat qizgin davom etdi. Kelajakdagi rejalar, ish uslubi, hamkorlik borasida kelishuvlar – muhokamaning asosiy mavzusi boldi.

Savollarga Malika Yunusova javob berdi.

Eslatib o’tamiz, ko’rgazma 2022 yilning 5 yanvarigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.