loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

UNESCO xalqaro fotosuratlar tanlovi e’lon qilinadi

UNESCOning Ipak yo‘li dasturi doirasida «Ipak yo‘li yoshlar nigohida» mavzusida 3-xalqaro fotosuratlar tanlovi e’lon qilinadi.

Mazkur tanlovning asosiy maqsadi — bu yoshlar orasida o‘zaro muloqotni rivojlantirish, pandemiyadan keyingi davr haqida tasavvurlarni aniqlash va ijodkorlik sohasida fikr almashish imkonini berishdir.

Shuningdek, mazkur tanlov masofaviy hamda an’anaviy ta’lim olish va yoshlarning madaniyat sohasidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shadi.

Bu yilgi tanlovda ishtirok etish uchun Ipak yo‘li merosini aks ettiruvchi quyidagi mavzularga bag‘ishlangan fotosuratlar taqdim etilishi kerak:

– To‘qimachilik san’ati va milliy liboslar;
– Pandemiya davrida madaniyatlararo almashinuv, shu jumladan
to‘qimachilik san’ati va milliy liboslar.

Tanlovda ishtirok etish muddati joriy yilning 24 avgustiga qadar davom etadi.

Tanlovda 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar  https://unescosilkroadphotocontest.org/participate  havolasi orqali o‘tib, ro‘yxatdan o‘tishi va talablar bilan tanishishlari, so‘ngra o‘z shaxsiy akkauntlari orqali 1 dan 20 tagacha fotosuratnini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklashlari kerak bo‘ladi.

Tanlovdan o‘tgan eng yaxshi ishlar xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etiladi.

 



O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.