loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Хotira ko’rgazma

Bugun O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida haykaltarosh, kulol va grafik rassom Gulzor Sultonovaning xotirasiga bag`ishlangan “Jannat kuyi” nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Gulzor Sultonova – serqirra ijodkor, uning qobiliyati grafika, illyustratsiya, kulolchilik, haykaltaroshlik, qo`g`irchoq yaratish va matoga gul chizishlarda o`z ifodasini topdi. Zamonaviy san`at tili bilan gapirganda, ishonch bilan aytish mumkinki, Gulzor Sultonova o`ta batartib rassom edi.

Gulzor Sultonova o‘z ijodida abadiy mavzularni ko‘targan: bu hayot va o‘lim, ezgulik va yomonlik, jannat va do‘zax mavzusidir.

Ammo uning ijodida eng asosiy mavzu – sevgi edi.
Gulzor Sultonova 2022 yilning 18 martida vafot etgan.

➡️Ko’rgazma  9 aprelgacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.