loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

‼️DIQQАT, YOSH IJODKORLАR KOʼRIK-TАNLOVI!

Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʼbek” jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi iqtidorli yoshlarning oʻz qobiliyatlarini namoyish etishi uchun zarur sharoitlarni yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida barkamol etib tarbiyalash, ular qalbida Vatanga sadoqat va muhabbat, milliy anʼana va qadriyatlarga hurmat, goʻzal va jonajon Vatanimizdan gʻururlanish tuygʻusini mustahkamlash kabi ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga yoʻnaltirilgan “Gullab – yashnayotgan Oʻzbekiston” foto va rasmlar tanlovini

E’LON QILАDI!

🔹Tanlovda 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar foto va rangtasvir yoʻnalishlarida yaratilgan ijodiy ishlari bilan ishtirok etishi mumkin.

☑️Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar 2023-yilning 1-avgustiga qadar Oʼzbekiston Badiiy akademiyasiga ariza bilan murojaat qilishi zarur.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yosh ijodkorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

🔼- tanlov ishtirokchisining arizasi;

🔼- ishtirokchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tugʼilganlik haqidagi guvohnoma) nusxasi;

🔼- ishtirokchining yashash manzili va bogʼlanish telefonlar;

✅Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan taʼsis etiladigan pul mukofotlari, tanlov diplomlari va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanadilar.

🔹Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlai tegishli hujjatlar bilan birgalikda Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sodiq Аzimov koʻchasi, 35-uy manzili, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi binosida qabul qilinadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon:
☎️ (+99871) 232-17-66

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.