loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

‼️DIQQAT, YOSH IJODKORLAR KO‘RGAZMA-TANLOVI!!

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Badiiy ijodkorlar uyushmasi tasviriy sanʼat, dizayn va zamonaviy sanʼatning barcha yo‘nalishlaridagi ijodkor yoshlarning milliy o‘zligimizni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin sanʼat asarlarini yaratishdagi faoliyatini rag‘batlantirish va yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Navqiron O‘zbekiston” iqtidorli yoshlar respublika zamonaviy sanʼat ko‘rgazma-tanlovini
E‘LON QILADI!

Tanlovda tasviriy sanʼat, dizayn va zamonaviy sanʼatning barcha yo‘nalishlarida ijod qilib kelayotgan o‘rta maxsus yoki badiiy ixtisoslik maʼlumotiga ega, 23 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ijodkor yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi 3 (uch)ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

📍tasviriy sanʼat: rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik;

📍dizayn: meʼmoriy, landshaft, interer va h.k.;

📍zamonaviy sanʼat: foto-art, video-art, installyatsiya, perfomans va boshqalar.
Tanlovda ishtirok etishni istagan yosh ijodkorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (anketa-rezyume);
pasport nusxasi;
3 x 4 sm o‘lchamdagi 2 ta fotosurat;
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan asarlar.
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar 2023-yilning 1-mayidan 20-mayiga qadar Badiiy ijodkorlar uyushmasining hududiy bo‘limlariga yuboriladi.
Toshkent shahri uchun: Toshkent shahri. Istiqlol-4, Toshkent fotosuratlar uyi. Telefon: (71) 232-17-66

Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun telefonlar: (+99871) 232-17-66

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.