loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

ANONS

2022 yilning 21 may kuni soat 11:30da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida diplomatik aloqalarning 30 yilligiga bag`ishlangan Evadullo Abdullayevning asarlari ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

18 май – Халқаро музейлар куни

Бугун, 18 май – Халқаро музейлар куни мамлакатимиздаги барча музейларда кенг нишонланиб, «Очиқ эшиклар куни» ўтказилмоқда. Шу муносабат билан барча музейлар бепул хизмат кўрсатади, ўнлаб байрам дастурлари ва янги кўргазмалар очилади. Жумладан, бугун Ўзбекистон Бадиий академияси Камолиддин Беҳзод номидаги Шарқ миниатюра санъати музейида  соат 11:00-16.00 гача хаттотлик ва қўлда қоғоз тайёрлаш санъати бўйича маҳорат дарслари […]

Либослар дизайни

Namangan viloyatida Namangan viloyatida Namangan oliy o’quv yurtlari va shu maktabda ta’lim berayotgan sport maktabi o’quvchilari va shu maktabda ta’lim berib, Namangan viloyati Badiiy va jodkorlar tashkil etishlari natijasida «Liboslar dizayni» ko’rgazmasi tashkil etilmoqda. O’zbekiston Badiiy ijodkorlar qurilishi Namangan viloyati bo’limi

Чизгиларда аждодлар сиймоси

Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси Андижон вилояти бўлими галереясида Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси аъзоси, Андижон давлат университети ва  Андижон ихтисослаштирилган санъат мактаб-интернати педагоги Неъматжон Бекмуродов ҳамда  шогирдларининг  рангтасвир ва графика асрларидан иборат «Чизгиларда аждодларимиз нафаси» номли устоз-шогирд кўргазмаси бўлиб ўтмоқда. Ижодкорларнинг асарларида ифодаланган  аждодларимиз тимсоллари ва тарихий воқеликлар  томошабинларда катта қизиқиш уйғотиб, санъат ихлосмандларига манзур бўлаяпти.  […]

San’atga oshno qalblar

Bugun,17 may kuni  Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan 5 muhim tashabbusning birincni yo’nalishi yuzasidan Libos bo’limi o’qituvchlari va o’quvchilari tomonidan «San’atga oshno qalblar» mavzusida bolalar liboslari ko’rigi bo’lib o’tdi.

АНОНС!!!

Шу йил 20 май куни соат 10:00 да Қашқадарё вилояти, Шаҳрисабз тумани, Сарчашма қишлоғида рассом Фурқат Абулов томонидан ташкил қилинган «Сарчашма тарихи ва этнографик музейи»нинг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтади.

Ranglarda qalb aksi

Yoshlar ishlari agentligida Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining iqtidorli o‘quvchi qizlari – Akromjonova Madinabonu va Lutfillayeva Odinaxonning “Qalbim aksi palitra ranglarida” nomli ijodiy ishlar ko`rgazmasi ochildi. Ko`rgazmada o`quvchilarning 100 ga yaqin ijodiy ishlari namoyish etildi.Ko`rgazmaning ochilish marosimida O`zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Obidjonova so`zga chiqdi, qizlar ijodiga to‘xtaldi, ularga kelgusi ishlarida […]

Sokinlik

16 may kuni Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati ko’rgazmalar zalida mahoratli pedagog, rangtasvirchi Anvar Omonovning «Sokinlik» nomli shaxsiy ko’rgazmasining  ochilishi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada rassomning o’ttizdan ortiq rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda Ko’rgazmani maktab-internati direktori N.Xolmuradova kirish so’zi bilan ochib berdi. San’atshunos Sh.Homiidova va faxriy ustozlar so’zga chiqishdi.   Ko’rgazma tashrif buyuruvchilarga yaxshi taassurot qoldirdi.

Kashtachilikdan mahorat darslari

O’zbekiston Badiiy akademiyasi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab internati amaliy san’at bo’limi badiiy  kashtachilik bo’yicha usta rassom guruhi  o’qitivchisi Toshpo’latova Umida hamda o’quvchilari   o’zlarining navbatdagi mahorat darslarini Guliston shahridagi Prezident maktabida o’zkazishdi.  Mahorat darsi davomida Prezident maktabi  o’quvchilari nafis san’at asarlarini tomosha qildi va o’zlari ham bu tashabbusga o’z hissasini qo’sha oldi.  Ma’lumki, o’zbek milliy kashtachiligi […]

График асарлар кўргазмаси

Бугун Павел Беньков номидаги Республика ихтисослаштирилган рассомлик мактабида Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган санъат арбоби, Ўзбекистон Бадиий академияси академиги Анвар Мамажоновнинг  “Биз бунга қодирмидик…” номли шахсий кўргазмасининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Кўргазмада атоқли рассомнинг “101 ўзбек” туркумидан 15 га яқин графика йўналишида чизилган ижодий ишлари томошабинларга ҳавола этилди. Ҳар бир асарда муаллифнинг ўзига хос услубини кўриш […]

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.