loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Jizzax

Jizzax ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.Bugun,19 aprel kuni maktab internatiga 9-MTM tarbiyalanuvchilari tashrif buyurib, oʻquvchilarning ijodiy ishlarini katta qiziqish bilan tamosha qildi.Ularga maktab internati haqida maʼlumotlar berildi.Mahoratli pedagog Qaxramonоv Farrux dastgohli rangtasvir rassomi yo’nalishi bo’yicha mahorat darsi bo’lib o’tdi. Mahorat darsi hammada ijobiy taassurot qoldirdi.

Pavel Benkov

Tasviriy va amaliy san`at festivali doirasida bugun 19 aprel sanasida Qozog`istonning T.Jurgenov nomli kollej delegatsiyasi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga tashrif buyurdi va bu ikki ta`lim muassasalari o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Surxondaryo

Ro’zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatida festivalning uchinchi kuni tassurotlarga boy bo’ldi. O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi raisi Tursunboy Shaymardonovning «Surxon qo’shig’i» nomli ijodiy ko’rgazmasi Termiz shahrida joylashgan ART galeriyasida bo’lib o’tdi.Termiz shahridagi yoshlar markazida 10 sinf o’quvchisi Tojinorova Layloning ilk»Tuyg’ular fasli»nomli ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.Maktab-internatning ko’rgazmalar zalida 8 sinf arxitektura yo’nalishidagi […]

Sirdaryo

19-aprel kuni, Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivalining uchinchi kunida Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatiga Chirchiq pedagogika institutining tasviriy san’at yo’nalishi ustoz murabbiylaridan Izzatoy Marasulova hamda Dostonjon Berdiyevlar shogirdlari bilan birgalikda mehmon sifatida tashrif buyurdilar.D.Berdiyev o’quvchilarga tasviriy san’atdagi oqim va yo’nalishlar tog’risida tushunchalar berib, hozirgi kundagi zamonaviy yo’nalishlardan biri bo’lgan abstroksionizm yo’nalishi bo’yicha mahorat darsi […]

Наманган

  19 апрель куни Халқаро анъанавий Тасвирий ва амалий санъат фестивали Наманган муҳандислик-технология институтида ўзгача тус олди. Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси Наманган вилоят бўлими аъзолари ушбу таълим муассасасида бўлишди.Тадбирнинг расмий очилиш маросимида Наманган ихтисослаштирилган санъат мактаб-интернати ўқувчилари томонидан тайёрланган бадиий чиқишлар, саҳна кўринишлари ва мусиқий дастурлар иштирокчиларга байрамона кайфият улашди.Меҳмонлар, ўқувчи ва ўқитувчилар томонидан тайёрланган […]

Qashqadaryo

Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali 3-kuniQashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida mahoratli pedagog H.Nurboboyevning dastgohli rangtasvir rassomi yo’nalishi bo’yicha mahorat darsi bo’lib o’tdi. Mahorat darsi hammada ijobiy taassurotlar qoldirdi.

Andijon

Andijon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali koʻtarinki ruhda oʻtkazilmoqda.Bugun,19 aprel kuni maktab internatiga Namangan ISMI oʻqituvchi va oʻquvchilari tashrif buyurib, tengdoshlari ijodiy ishlarini koʻrib oʻz aro fikr almashdilar.Ularga maktab internati haqida maʼlumotlar berildi.

Xorazm

Xorazm viloyati Urganch shahridagi Tasviriy amaliy san’at litsey-internatida Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivalining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Unda litsey, O’zbekiston Badiiy ijodkorlar Xorazm viloyat bo’limi mutassadilsri, rassom M. Xudoyberganov, Badiiy akademiya kademigi B. Boltoyev, litsey rassom va fan o’qituvchilari va o’quvchilari qatnashdi.So’zga chiqqanlarb bugungi tadbirni chiroyli boshlanganligi, yurtimizda tasviriy va amaliy san’atga qiziqish yildan-yilga […]

ФЕСТИВАЛЬ УЧИНЧИ КУН

Қорақалпоғистон Республикаси ихтисослащтирилган санъат мактаб-интернатида Халқаро анъанавий «Тасвирий ва амалий санъат фестивали» доирасида Бердақ номидаги давлат мукофоти, Қорақалпоғистон Республикасига хизмат кўрсатган санъат арбоби, Ӯзбекистон Республикаси халқ рассоми, Ўзбекистон Бадиий академияси ҳақиқий аъзоси, академик Жоллибай Изентаевнинг 80 йиллик таввалуди муносабати хотира кечаси ташкиллаштирилди. Кечага Ўзбекистон Бадиий академияси Қорақалпоғистон бўлими раиси У.Утегенова, Қорақалпоғистон халқ рассоми Ж.Лепесов, Қорақалпоғистон […]

Andijon

Andijon viloyatida Xalqaro anʼanaviy Tasviriy sanʼat haftaligining 3-kuni ham o‘ziga xos bayramona ruhda o‘tdi. Erta tongdan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi galereyasi joylashgan Jomeʼ meʼmoriy majmuasi hududi ijodkorlar va sanʼat muxlislari bilan gavjum bo‘ldi. Rassomlar, talaba va o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy uchrashuvlar, shuningdek, mahorat-darslari, plenerlar tashkil etildi.

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.