loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Samarqand

Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси Самарқанд вилояти бўлимига қарашли картиналар галереясида Халқаро анъанавий Тасвирий ва амалий санъат фестивалида уюшманинг вилоят бўлими аъзоларининг «Самарқанд руҳи» номли кўргазмаси очилди. Кўргазма доирасида график рассом Нуритдин Калонов томонидан ёш ижодкорлар учун маҳорат дарси ташкил этилди. Шунингдек,Самарқанд ихтисослаштирилган санъат мактаб-интернати дизайн бўлими ўқувчиларининг либослари ва дизайнер Ҳамида Иноятованинг шахсий коллекцияси намойиш […]

Namangan

Namangan viloyat ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida «Ochiq osmon ostidagi rangli moʻjizalar» mavzusida tasviriy va amaliy sanʼat asarlari ko‘rgazmasi ochildi.Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limiga aʼzo rassomlar tomonidan mahorat darslari va plenerlar namoyish qilindi.Tadbir yakunida faol ishtirokchilar festivalning maxsus diplom va sertifikati bilan taqdirlanishdi.

Sirdaryo

Sirdaryo viloyati Guliston shahar Maʼnaviyat va Maʼrifat ko‘rgazmalar zalida Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo’limi aʼzolarining ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Qashqadaryo

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi ko‘rgazmalar zalida Qarshi davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Rangtasvir (dastgohli) kafedrasi o‘qituvchisi B.Sayfullayeva va fakultetning 3-bosqich talabasi Sh.Bozorovaning ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 17-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmadan B.Sayfullayevaning avangard yo‘nalishida 40 dan ortiq, shuningdek, Sh.Bozorovaning portret va manzara janridagi 30 dan ortiq asarlari o‘rin olgan. Aytish joiz, […]

Сирдарёда 2-куни

Сирдарё ИСМИда давом этаётган Халқаро анъанавий Тасвирий ва амалий санъат фестивали 2-кунида устозлар томонидан маҳорат дарслари ўтказилди.

Navoiyda festivali 2-kuni

Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivalining ikkinchi kunida Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatida «Bahor bu joziba, bahor bu ilhom» shiori ostida tasviriy va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi, mahorat darslari hamda tumandagi umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan yuzdan ortiq yoshlar o‘rtasida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryoda Festivali 2-kuni

Halqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali 2-kunida Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida 11-b sinf «Dastgohli rangtasvir rassomi» yo’nalashi o’quvchilari Sh.Pulatov va B.Ismoilovlarning shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Ko’rgazmada yosh rassomlarning moybuyoqda va akvarelda ishlangan Shahrisabzning so’lim go’shalari tasvirlangan asarlari, tashrif buyuruvchilarga yaxshi taasurot qoldirdi.Jajji bolajonlarimizning «Asfaltga chizish» musobaqasida qatnashishi ularga olam-olam quvonch olib keldi.

Қўқонда Фестивали 2-куни

Қўқон ихтисослаштирилган санъат мактаби ижодкор ўқитувчиларининг “Ранглардаги нафосат” ижодий ишлари кўргазмасининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Кўргазмада мактабнинг мутахасислик фани ўқитувчилари: М.Қосимов, А.Рахимов, Э.Тожибоев, М.Абдурахмонов, С.Рахматуллаев, С.Эргашев, Н.Султонхўжаев, Р.Мирзаев, И.Акбаров, М.Назирқулова, Ю.Артиқматов, М.Йўлдошева, Д.Қурбоноваларнинг ўз мутахасисликлари асосида чизилган дастгохли рангтасвир, графика, миниатюра, махобатли рангтасвир, Театр сахна бутафораси, хайкалтарошлик ва бошқа санъат турлари бўйича композициялар томошабинларга намойиш […]

Surxondaryoda Festivali 2-kuni

Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati mutaxassislik fani o‘qituvchilari – Rajabov Ro‘ziboy, Amirov Ro‘zimurod, Vahobov Bunyodlar maktab-internatda mahorat darslarini o‘tib berdi. Mahorat darsiga Avgʻon maktabidan bir guruh talaba yoshlar tashrif buyurib, o‘zaro tajriba almashib, iliq taassurotlari bilan bo‘lishdi. Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati mutaxassislik fani o‘qituvchisi Teshayeva Sumbulaning «So‘zsiz istigʻfor» nomli koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.Koʻrgazma […]

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.