loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

‼️ANONS!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlari o‘quvchilari uchun 9 nomda ilk o‘quv qo‘llanmalar chop etildi.Joriy yil 2023-yil 11-may kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasining anjumanlar zalida mazkur o‘quv qo‘llanmalarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbirga […]

АНОНС!

Бугун, 5 май куни соат 15:00 да Тошкент фотосуратлар уйида 9 май – Хотира ва қадрлаш кунига бағишланган бадиий кўргазманинг очилиш маросими бўлиб ўтади.

АНОНС!

Ўзбекистон халқ рассоми, академик Баҳодир Жалол санъат ихлосмандларига «Мангуликдаги чизиқ»номли шахсий кўргазмасини тақдим этади.Кўргазманинг очилиш маросими жорий йил 18 май куни соат 17:00 да Ўзбекистон давлат санъат музейида бўлиб ўтади. Шу куни соат 11:00 да Ўзбекистон давлат санъат музейида мазкур кўргазманинг матбуот анжумани ташкил қилинади.

“Kuy»

2 may kuni O‘zbekiston Badiiy аkademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 3-bosqich talabasi Sarvinoz Meliqo‘ziyevaning «Kuy» nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.Koʻrgazmada muallifning 35 ga yaqin rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda. Ko‘rgazma joriy yil 14-maygacha davom etadi.

Ниёзали Холматовни хотирлаб…

Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси анжуманлар залида Ўзбекистон халқ устаси,Ўзбекистон Бадиий академияси академиги Ниёзали Холматовнинг хотирасига бағишланган «Ниёзали Холматов. Ҳақиқатни излаб» номли китоб-альбоми тақдимот маросими бўлиб ўтди. 303 бетдан иборат мазкур нашрда ижодкорнинг заргарлик санъати, майда пластика, локли ва эмалли қутичалар, дастгоҳли ва маҳобатли рангтасвир асарлари жамланган. Санъатшунослик фанлари доктори, академик Акбар Ҳакимов муаллифлигида «San’at» журнали […]

Avlodlar uchrashuvi

Bugun, 4-may kuni Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida 9-may- Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan «Uch avlod uchrashuvi» mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir o’tkazildi.Tadbirda iste’fodagi general mayor Telman Muradxo’jayev, «Shirin»  MFYdan front ortida xizmat qilgan faxriylar hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor- o’qituvchilari ishtirok etishdi.  

Ustoz va shogirdlar ko‘rgazmasi

Bugun, 4 may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab- internatida rassomlik bo‘limining Dastgohli ranggtasvir yo‘nalishi mutaxassis o‘qituvchisi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Musaxanova Muhabbat rahbarligidagi 11-V – sinf bitiruvchilaring «Sarhisob-Ustoz va shogird» nomli ko‘rgazmasi ochildi.Ko‘rgazmada M.Musaxanova hamda o‘quvchilari – Samigova Aziza, Turg‘unova Eʼzoza, Olimjonova Baxtliya, Muhammedjonova Jasmin, Shokirov Mehriddin, Egamberdiyev Bexzodning rangtasvir […]

Ilmiy-metodik kengash yig‘ilishi

29-aprel kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining “Tasviriy san’at va chizmachilik” Ilmiy-metodik kengashining navbatdan tashqari 1-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarida tasviriy va amaliy san’at, dizayn hamda musiqa yo‘nalishlarining davlat ta’lim talablari muhokama etildi.

Академия Художеств Узбекистана 
© 2019. Все права защищены.
При использовании материалов веб-сайта, ссылка на источник обязательна.