loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

ANONS!

O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura sanʼati muzeyi bilan hamkorlikda Badiiy akademiya akademigi Niyozali Xolmatov (1947-2020)ning “Haq sari” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etilayapti.Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 7-fevral kuni soat 17:00 da O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasida bo‘lib o‘tadi.Niyozali Xolmatov mumtoz miniatyura anʼanalarini zamonaviy lokli miniatyura sanʼatida davom ettirgan izdoshlardan biri edi. Rassom miniatyuralaridagi toza bo‘yoqlar bamisoli g‘adir-budir emal singari quyuq va bo‘rtiq bo‘lib ko‘zga tashlanadi.Uning asarlari ko‘rinishdan oddiy va puxta, bo‘yoq surishdagi soddalik esa hech bir ortiqcha urinishlar yo‘qligidan dalolat beradi. Miniatyurasoz asarlari O‘zbekiston va xorijdagi muzeylar, shaxsiy to‘plamlarda saqlanadi….

Rassom va ijodi haqida ko‘proq 👇 https://t.me/artacademyuz/1725

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.