loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Eshitishida nuqsoni bor yoshlar fotoko‘rgazmasi

Toshkent Fotosuratlar uyida Eshitishida nuqsoni bor yoshlar ijodiga mansub fotosuratlar ko‘rgazmasi oshildi. Ko’rgazmada ishtirokchilarning 100 dan ortiq fotosuratlari namoyish etildi.Bugungi kunda nogironligi bor insonlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topish, ish bilan ta’minlash, kelajak hayotini yaxshilashga e’tibor qaratish jamiyatning insoniylik burchi hisoblanadi. Buning uchun ularning orasidan ijod va san’atga qobiliyatlilarini kashf etish va iste’dodlarini yuzaga chiqarish muhim […]

Хotira ko’rgazma

Bugun O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida haykaltarosh, kulol va grafik rassom Gulzor Sultonovaning xotirasiga bag`ishlangan “Jannat kuyi” nomli ko`rgazmaning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Gulzor Sultonova – serqirra ijodkor, uning qobiliyati grafika, illyustratsiya, kulolchilik, haykaltaroshlik, qo`g`irchoq yaratish va matoga gul chizishlarda o`z ifodasini topdi. Zamonaviy san`at tili bilan gapirganda, ishonch bilan aytish […]

Бадиий академиянинг матбуот анжумани

Бугун Ўзбекистон Миллий матбуот марказида Ўзбекистон Бадиий академияси раҳбарияти ва мутасаддилари иштирокида матбуот анжумани ўтказилди. Унда Бадиий академиянинг 2022 йилдаги фаолияти, устувор вазифалар ижроси, режадаги амалий ишлар ҳақида маълумот берилди. Таъкидланганидек, 2022 йил – “Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили”да Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясининг бешинчи йўналиши 75–мақсадда Бадиий академия олдига мамлакатимизда Тасвирий ва амалий санъат […]

Tadqiqotchilar Ozarboyjonda

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti doktorantlari G.Jalolova, G.Orifjonova, Z.Nuriddinova Ozarboyjon davlat madaniyat va san’at universitetiga 27-martdan 9-aprelga qadar ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish uchun tashrif buyurishdi.  Ilmiy tadqiqotchilar universitet binosi, xodimlari bilan yaqindan tanishishdi va ilmiy ish mavzulariga oid kafedralarga biriktirildi.

Makon va vaqt tashqarisida

27 mart – Xalqaro teatr kuniga bag‘ishlab O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida «Makon va vaqt tashqarisida» nomli ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.Ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining «Teatr, kino va animatsiya rassomlari» shoʻbasi tomonidan uyushtirildi.Ko‘rgazmada mualliflarning zamonaviy asarlari: rangtasvir, grafik ishlar, eskizlar, maketlar, shuningdek, videomateriallar, performans, installyatsiyalar va shakllar loyihalari taqdim etildi. Ko‘rgazma 10 aprelga qadar […]

Диққат,матбуот анжумани!

28 март куни Ўзбекистон Миллий матбуот марказида қуйидаги матбуот анжумани бўлиб ўтади: 🕙15:00 Ўзбекистон Бадиий академияси. ✅ Мавзу: “Ўзбекистон Бадиий академиясининг 2022 йилдаги фаолияти якунлари ва 2023 йилда амалга ошириладиган вазифалар” 📲 Матбуот анжумани трансляциясини UzReport TV телеканали ва телеканалнинг Facebook (https://www.facebook.com/uzreport.tv)даги саҳифаси орқали ЖОНЛИ томоша қилинг. 👉 Ушбу матбуот анжуманига журналистларни, мустақил журналист ва […]

ANONS!!!

Joriy yilning 29-mart kuni soat 11:00 da O‘zBA huzuridagi Markazning qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarning «Ranglardagi hayot» hisobot-ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo’lib o’tadi.Tomoshabinlar ko‘rgazmada tinglovchilarning san’at asarlari hamda ustoz ijodkorlar, xalq rassomlari, akademiklarning ijod na’munalaridan bahramand bo‘ladilar. Ko‘rgazma manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Furqat ko’chasi 6A uy (Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabi) (https://www.google.com/maps/@41.3175663,69.2407467,18z?hl=ru-KG) […]

АНОНС!

Жорий йил 27 март куни соат 17:00 да Тошкент фотосуратлар уйида махсус фотография курси битирувчилари фото кўргазмасининг очилиш маросими бўлиб ўтади.

ANONS

«JANNAT KUYI» nomli ko’rgazma 2023 yilning 28 mart kuni soat 17:00 da O‘zbekiston Badiiy аkademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Gulzor Sultonova xotirasiga bag’ishlangan «JANNAT KUYI» nomli ko’rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Kirish bepul. Manzil: Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 37 «A».

ДИҚҚАТ!!! ЭЪЛОН!!!

Ўзбекистон тасвирий санъатида ўз номига эга, самарали ижоди билан бирга, бадиий таълим ва тасвирий санъат соҳасини ривожлантириш,хусусан Қорақалпоғистон тасвирий санъатини юксалтиришга катта ҳисса қўшган рангтасвирчи рассом, Ўзбекистон халқ рассоми, Ўзбекистон Бадиий академияси академиги, Бердақ номидаги давлат мукофоти лауреати Жоллибой Изентаев Танирберген ўғли хотирасини абадийлаштириш мақсадида унинг ҳайкалини яратиш бўйича ижодий кўрик-танлов ЭЪЛОН қилинади. Кўрик-танлов шартлари: […]

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.