loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

“Biz bolalar, biz dunyo”

28-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Oʼzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan chop etilgan “Biz bolalar, biz dunyo” kitob-albomining taqdimoti boʼlib oʼtdi. Kitobda soʼnggi besh yil mobaynida Markaz hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil qilingan xalqaro bolalar rasmlari koʼrgazmalarida qatnashgan ShHT davlatlari yosh rassomlarining ijod namunalari jamlangan. Yosh musavvirlar oʼz asarlarida tinchlik, doʼstlik, […]

📣 DIQQAT, TANLOV‼️!

🎨O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kemyong universiteti (Koreya Republikasi) hamkorligida joriy yilgi an’anaviy Xalqaro Tasviriy va amaliy san’at festivali doirasida “San’at va madaniyat” mavzusida tasviriy san’at tanlovi o‘tkazilmoqda. ❗️Tanlov shartlariga ko‘ra ijodiy ishlar “Peyzaj va portret’’ mavzusida qabul qilinadi. 📆 Ijodiy ishlar qabul qilinishining muddati 2024-yilning 5-aprel kunigacha belgilangan. Ijodiy ishlarga qo‘yiladigan talablar: 🖼 Ijodiy ishlar […]

«Ichimdagi ichimdadir»

27-fevral kuni poytaxtimizda O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nurning «Ichimdagi ichimdadir» nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda madaniyat va san’at sohasi, O‘zbekistondagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar, OAV vakillari, muallif ijodi muxlislari ishtirok etdi. Ko‘rgazmada atoqli rassomning so‘nggi besh yil davomida yaratgan 70 ta asari o‘rin oldi.

Memorandum imzolandi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzorahimov boshchiligidagi institut mutasaddilari va katta o‘qituvchilari guruhi xizmat safari bilan Turkiyada bo‘lib turibdi. Turkiyaning Karabük universiteti rektori, professor dr. Fatih Kirishik taklifiga muvofiq tashrifda bo‘lgan Institutimiz vakillari ushbu taʼlim dargohi faoliyati bilan yaqindan tanishadi, “O‘zbekiston va Turkiya madaniy merosini o‘rganish masalalari” […]

Anons!!!

2024 yilning 21 fevral kuni soat 16:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida Milliy Rassomlik va dizayn instituti talabalarining an’anaviy «Grafika: Ishtiyoq va mahorat» nomli ko’rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. ✅Kirish bepul. Manzil: Yusuf Xos Xojib ko’chasi, 37 «A».

Akmal Nur Yaponiya imperatorining ordeni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Yaponiya imperatorining «Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli bo‘yin tasmasi» ordeni bilan taqdirlandi. 2023-yil 3-noyabrda Yaponiya hukumati O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurni «Chiqayotgan quyosh ordeni, Oltin nurli bo‘yin tasmasi» bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Mazkur orden  yuqori darajadagi mukofot bo‘lib, faqat maʼlum sohada yuqori natijalarga erishgan shaxslarga beriladi. […]

Ko‘rik-tanlov ko‘rgazmasi

Bugun Toshkent fotosuratlar uyida taniqli rumin haykaltaroshi Konstantin Brankuzi (1876-1957)shaxsi va ijodiga bag‘ishlangan rangtasvir va haykaltaroshlik ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari tomonidan Konstantin Brankuzining ijodidan ilhomlanib, ulug‘ rassom shaxsiga hurmat sifatida yaratgan kartina va haykaltaroshlik asarlari namunalari o‘rin oldi. Konstantin Brankuzi XX asrning mashhur haykaltaroshlaridan biri hisoblanadi. U […]

Qo‘ng‘irotda xotira kechasi

Joriy yil 15-fevral kuni Qoʻngʻirot tumani Madaniyat markazida Oʻzbekiston xalq rassomi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Berdax nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy aʼzosi, akademik Jollibay Izentayev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan xotira kechasi boʻlib oʻtdi. Kechada Qoʻngʻirot tumani hokimi, hokim oʻrinbosari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi boshligʻi, Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi […]

ANONS!!!

Ruminiyaning О’zbekistondagi elchixonasi bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida abstrakt haykaltaroshlik san’atining asoschisi Сonstantin Branсusi ijodiga bag’ishlab yosh rassomlar о’rtasida o’tkazilgan kо’rik-tanlov ko’rgazmasiga taklif etamiz. Ochilish marosimi Toshkent fotosuratlar uyida 19-fevral kuni soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekning musavviri

Bugun O‘zbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev tavalludining 70 yilligi munosabati bilan «Men o‘zbekning musavviriman» deb nomlangan xotira ko‘rgazmasi ochildi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan joriy yilda O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jaloliddin (Ravshan) Mirtojiyev tavalludining 70 yilligi keng nishonlamoqda, Badiiy akademiya tomonidan sanaga bag‘ishlab badiiy-maʼrifiy xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur farmoyish […]

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.