loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Buyuk Ipak Yo`li bo`ylab”

2023 yilning 29 may kuni O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko’rgazmalar zalida taniqli yapon rassomi Ikuo Hirayama reproduktsiyalarining “Buyuk Ipak Yo`li bo`ylab” nomli ko`rgazmasi ochildi.

Tashkilotchilar: O`zbekiston Badiiy akademiyasi va Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi.

Ko`rgazmada Ikuo Hirayama reproduktsiyalari Buyuk Ipak Yo`li bo`ylab safarlarida chizilgan.
Mashhur rassom, yetuk tadqiqotchi olim, jamoat arbobi Ikuo Xirayama Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning ijodining asosiy qismini Buyuk ipak yo‘li mavzusi egallaydi. Karvonning vazmin harakatiga monand holda tuyalar bo‘ynidagi qo‘ng‘iroqlar elas – elas eshitiladi, yorqin bo‘yoqlar yordamida qo‘nim qurgan sayyohlarning gulxanlari rassom chizgilarida o‘z ifodasini topadi. Uning “Ipak yo‘li”, “Lo‘landagi karvon”, “Ertalabki cho‘ldagi otliq” kabi asarlari shular jumlasidandir.

Ikuo Xirayamaning “Buyuk Ipak Yo‘li bo‘ylab” ko‘rgazmasida rassomning 30 dan ortiq eng yaxshi asarlari namoyish etilmoqda.

➡️Ko‘rgazma joriy yilning to 11-iyunigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.