loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Buyuk siymolarga ehtirom

14-fevral kuni Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida ikki buyuk siymo, ya’ni g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning 582 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yillik tavallud ayyomi keng nishonlandi.Sana munosabati bilan o’quvchilar ishtirokida ma’naviy va ma’rifiy tadbir uyushtirildi. Unda o’quvchilar ikki zabardast mutafakkirlarimizning g’azal va ruboiylaridan namunalar, milliy mumtoz musiqalarimiz jo’rligida raqslar ijro etdilar.Tadbir so’ngida maktab-internati direktori Nilufar Xolmuradova so’zga chiqib sana munosabati bilan o’z fikr va mulohazalarini bildirib o’tdi hamda ikki buyuk siymo tavalludiga bag’ishlangan tanlovlar yuzasidan g’olib o’quvchilarni qutladi va esdalik sovg’alar bilan tabrikladi.Tadbir maktab-internati ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi D.Shodmonova tomonidan tashkil etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.