Bugun,11-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi anjumanlar zalida Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab internatlari uchun 2022-2023-yillarda chop etilgan dastlabki o‘quv adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hamkor tashkilotlar – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi soha mutaxassislari, o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda jonbozlik ko‘rsatgan mualliflar va nashriyot xodimlari, mutasaddilar hamda OAV vakillari […]
