loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Chingiz Axmarov ijodi mutaxassislar nigohida

Bugun, 27 yanvar kuni O‘zbekiston davlat sanʼat muzeyida nomi xaqli ravida nafaqat yurtimiz, balki dunyoning yetuk tasviriy sanʼat namoyandalari qatorida turadigan Chingiz Axmarov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Sanʼatshunoslar, mutaxassislar taʼkidlaganidek, Chingiz Axmarov o‘zidan bebaho meros qoldirdi. Bir qarashda uning asarlari miniatyura bilan bog‘liq bo‘lsa-da, o‘zidan avvalgi musavvirlar durdonalaridan betakror asarlar bitdi, o‘z uslubini yaratdi.Rassomning mahobatli rangtasvir asarlari rivojidagi o‘rni bebahodir. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti foyesi, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri zallaridagi asarlari sanʼat ixlosmandlarini lol qoldirib kelmoqda.O‘zbekiston davlat sanʼat muzeyi fondida saqlanayotgan «Buxoro raqsi», «Xorazm raqsi», «Toshkent va Marg‘ilon raqsi» nomli rangtasvir asarlari yurtimizdan tashqari xorijiy davlatlarda tashkil etilgan yirik ko‘rgazmalarda namoyish qilngan.Tadbirda rassomning shogirdlari bilan bir qatorda sanʼatshunoslar, soha mutaxassislari rassom ijodi haqida fikr-mulohaza bildirishdi.Qayd etilganidek, hozirda muzey fondida rassom qalamiga mansub 40 dan ortiq rangtasvir, 400 ga yaqin grafik asarlar saqlanmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.