loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

DIQQAT, TANLOV!!!

TURKSOY (Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti)ning 30 yilligiga bag’ishlangan Turkiy mamlakatlar yosh ijodkorlarining «Turk dunyosi yosh rassomlar nigohida» xalqaro tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovda TURKSOYga a’zo davlatlardan 7 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan ixtisoslashtirilgan maktablar va oliy ta’lim muassasalari san’at bo’limlarining talabalari, yosh ijodkorlari tishtirok etishlari mumkin.

Bitta ishtirokchi tanlovga faqat bitta ishni taqdim etishi mumkin.

Taqdim etiladigan ijodiy ishlar quyidagi uslublarda yaratilgan bo’lishi zarur:

grafika, tasviriy san’at (aerografiya, akvarel, batik, vitraj, issiq emal, gravyura, grattage, grisaille, guash, bezak tasviriy san’ati, dekupaj, kollaj, litografiya, mozaika, monotip, monumental rasm, pastel, pirografiya, ipak san’ati, enkaustika, estamp va boshqalar.) va erkin texnika.

Ijodiy ishlar turkiy dunyoning xilma xilligini aks ettiruvchi o’ziga xos ranglarda yaratilishi kerak.

Har bir ishtirokchiga 1- va 2- ilovaga muvofiq Rozilik xati va Anketa to’ldirilishi shart.

Tanlovga ijodiy ishlar 2023-yilning 10 fevralidan 1-martiga qadar O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Xalqaro madaniyat karvon saroyiga taqdim etilishi zarur.

Tanlov shartlari (https://t.me/artacademyuz/17257) va Nizomi (https://t.me/artacademyuz/17256)bilan қуйида tanishib chiqishingiz mumkin.

30.yıl RESİM Şartnamesi -RUS

TURK DUNYOSI YOSH RASSOMLARI XALQARO TANLOVI.

☎️Qo‘shimcha maʼlumot uchun telefonlar:
(+99871) 233-04-27. (+99871) 232-17-66

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.