Betakror isteʼdodi va qoldirgan boy merosi bilan o‘zbek milliy madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan, xalq mehrini qozongan, Farg‘ona viloyatidan yetishib chiqqan ustoz sanʼatkorlar —
1. Yusufjon qiziq Shakarjonov (1869-1959) – O‘zbekiston xalq artisti,
2.Usta Olim Komilov (1875-1954) – O‘zbekiston xalq artisti,
3.Muhiddin Qoriyoqubov (1894-1957) – O‘zbekiston xalq artisti,
4.Lutfixonim Sarimsoqova (1896-1991) -O‘zbekiston xalq artisti,
5.Jo‘raxon Sultonov (1903-1965) – O‘zbekiston xalq hofizi,
6. Maʼmurjon Uzoqov (1904-1963) – O‘zbekiston xalq hofizi,
7.Tamara Petrosyan-Tamaraxonim (1906-1991) – O‘zbekiston xalq artisti,
8.Halima Nosirova (1913-2002) – O‘zbekiston xalq artisti,
9.Mukarrama Turg‘unboyeva (1913-1978) – O‘zbekiston xalq artisti
nomlarini abadiylashtirish maqsadida ular byustlarini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodiy tanlov EʼLON qiladi.
🔹Ushbu ijodiy tanlov Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 yanvardagi 27F-son farmoyishiga muvofiq hamda 2022 yil 28 apreldagi 221-son qarori bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”ning 92-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
🔹Tanlov shartlari:
✔️Byustlar betakror badiiy-meʼmoriy yechimga ega, yuksak estetik talab darajasida va badiiy g‘oya izchilligiga ega bo‘lishi kerak.
✔️Ijodiy tanlovda yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis haykaltaroshlar, monumental sanʼat sohasida va zamonaviy shaharsozlikda haykallarni o‘rnatish bo‘yicha tajribaga ega mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin.
✔️Loyiha eskizlarining tanlovga mo‘ljallangan modeli ko‘chirish va uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan istalgan materialdan tayyorlanishi mumkin.
🔹Byustlar Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi “Ijodkorlar bog‘i” hududida, “Sanʼatkorlar xiyoboni”da o‘rnatiladi.
🔹Tanlovga taqdim etiladigan eskiz loyihalari 2023 yilning 1 mart sanasiga qadar qabul qilinadi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga topshirish so‘raladi.
🔘Manzil: Toshkent shahri,
S. Azimov ko‘chasi, 35 – uy
🔘Bog‘lanish uchun telefon:
71. 232 – 06 – 75;
94. 630 – 77 – 55;