loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Elchi tashrifi

Fransiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Aureliya Bushez hamda madaniyat sohasi bo‘yicha elchi maslahatchisi Laurent Oriol O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga tashrif buyurdi.O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur va elchi muloqotida san’at sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etildi.Suhbat davomida rais Akmal Nur Badiiy akademiyaning maqsadi, vazifalari va faoliyati haqida so‘zlab berdi.Shuningdek, Fransiyaning san’at sohasi tashkilotlari bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi aloqalarini o‘rnatish, talabalarga online master-klasslarni o‘tkazish, 2023-2024-yillarda Fransiya bilan hamkorlikda foto ko‘rgazma tashkil qilish, fransiyalik ijodkorlarning 2023-yilgi xalqaro san’at haftaligi va amaliy san’at biennalesida ishtiroki masalalari yuzasidan fikr almashildi.Tashrif yakunida elchi janoblari hamda unga xamrohlik qilgan vakillar Badiiy akademiyaning sanʼat galereyasi va Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyati bilan tanishtirildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.