loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

E’lon! “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi boshlandi

Mudofaa vazirligi 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” nomli ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.Tanlov Ikkinchi jahon urushi maydonlarida hamda mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizda hurmat va ehtirom ko‘rsatish,ularning nomlarini abadiylashtirish,o‘zbek xalqining buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasini keng miqyosda yoritish hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, urush asoratlarini unutmaslikka chorlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Tanlov ijodning quyidagi yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:

☑️rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik.

Tanlovda O‘zbekistondagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktablari, oliy talim muassasalarining talabalari, o‘qituvchilari, san’at maktablarining o‘qituvchilari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, Oliy talim, fan va innovatsiya vazirligi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari va o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlov 2023-yildan boshlab har yili 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf’ davlat muzeyida o‘tkaziladi.

☑️Tanlovda ishtirok etishni istaganlar o‘z ijod na’munalari bilanl-may sanasiga qadar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:

1️⃣ Tanlovda ishtirok etish uchun maʼlumotnoma (rezume);
2️⃣ Pasport (ID-karta) nusxasi;
3️⃣ Maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo‘lsa);
4️⃣O‘qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifhoma va maʼlumotnoma;
5️⃣3×4 o‘lchamdagi 1 ta va 9×12 o‘lchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
6️⃣Tanlovda ishtirok etayotgan tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan to‘liq yakunlangan ijod namunasi (asar).

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

🔘Tanlovda ishtirok etishni xohlaganlar o‘z ijodiy ishlarini quyidagi manzilga “tanlovga” degan belgi va rasmiylashtirilgan ariza bilan olib kelishlari yoki yollashlari so‘raladi:⬇️

🔘100069, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 382-uy.

Aloqa uchun telefonlar: 99 860-18-87, 97 707-15-12, 90 909 94 70. Tashkiliy qo‘mita

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.