loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Eshitishida nuqsoni bor yoshlar fotoko‘rgazmasi

Toshkent Fotosuratlar uyida Eshitishida nuqsoni bor yoshlar ijodiga mansub fotosuratlar ko‘rgazmasi oshildi.
Ko’rgazmada ishtirokchilarning 100 dan ortiq fotosuratlari namoyish etildi.Bugungi kunda nogironligi bor insonlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topish, ish bilan ta’minlash, kelajak hayotini yaxshilashga e’tibor qaratish jamiyatning insoniylik burchi hisoblanadi.

Buning uchun ularning orasidan ijod va san’atga qobiliyatlilarini kashf etish va iste’dodlarini yuzaga chiqarish muhim hisoblanadi.Jumladan, tasviriy va fotografiya san’ati eshitishida nuqsoni bo‘lganlar uchun kelajakda o‘z o‘rinlarini topish, jamiyatda faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratishi mumkin bo‘lgan ijodiy sohalardan biridir. Fotografiya ham ijodiy soha sifatida bunday shaxslarning o‘zlari aytmoqchi bo‘lgan so‘zarini, ichki his-tuyg‘ularini tasvirlar orqadi bayon etish imkoniyatini beradi.

Eshitish imkoniyati cheklanganlar uchun fotografiya san’ati eshiklarini ochib, ushbu ijod yo‘nalishi bilan tanitish maqsadida madaniyat faoli, fotorassom O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Husniddin Ato 2021-yildan buyon mustaqil tarzda, 2022-yilning sentyabr oyidan boshlab esa AQSh Davlat departamentining Ta’lim va madaniyat masalalari byurosi «Meridian» xalqaro markazi qo‘llab quvvatlashi asosida kar va zaif eshituvchilar uchun Fotografiya san’atidan saboq berib kelmoqda.Eshitish imkoniyati cheklanganlar ijodini, erishgan yutuqlarini ommaga namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Badiy Akademiyasi qo‘llab-quvvatlashi asosida Toshkent Fotosuratlar uyida 9 nafar yosh ijordkorning so‘nggi 1,5 yil davomida tabiat, ijtimoiy hayot, ko‘cha hamda sport va yana bir qancha yo‘nalishda olingan fotosuratlari namoyish etilmoqda.

Ushbu fotoko‘rgazmaning o‘tkazilishi O‘zbekistonning boshqa viloyatlarda yashayotgan eshitishida nuqsoni bor yoshlarning fotografiya va tasviriy san’at bilan shug‘ullarishlariga ilhomlantirish bilan birgalikda, O‘zbekistondagi foto-ijodkorlar safining yanada kengayishiga xizmat qilishi ham shubhasiz..Ko‘rgazma ishtirokchilari: Alevtina Kitaykina, Sherzod Madumarov, Axmad Axmedov, Farangiz Kamolova, Huvaydo Ibragimova, Muhammad Usmonov, Murod Yusupov, Pavel Gurinov, Abdurahim Razzoqov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.