loader image
Barcha tadbirlarga qaytish

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining qarori

15 avgust kuni badiiy ta’limga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, san’at maktablari hamda maktab-internatlari uchun jonli natura mehnatiga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirish, o‘quvchi-talabalarga plastik anatomiyani mukammal o‘zlashtirishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Naturachilar mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” gi QQ-05-05-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3219-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlaridagi ta’lim muassasalarida o‘qitishning sifat darajasini oshirish va o‘quvchi-talabalar tomonidan plastik anatomiyani mukammal o‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida badiiy ta’limga (tasviriy va amaliy san’at) ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlari uchun jonli natura mehnati va ularning mehnatiga xaq to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi.

  • Turi: Anjuman
  • Vaqt:

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.