loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Foydali amaliy va ko‘rgazmali tadbirlar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan birgalikda ko‘rgazmali o‘quv-mashg‘ulolari o‘tkazildi.Unda soha mutaxassislari tomonidan maktab-internati pedagog va texnik xodimlari, o‘quvchi-yoshlari uchun amaliy mashg‘ulotlar asosida tushuntirish ishlari olib borildi, o‘quvchilarning fuqaro muhofazasi bo‘yicha amaliy va ko‘rgazmali tadbirlari bilan to‘ldirildi.O‘quv mashg‘ulotlari doirasida ochiq ko‘rgazmali darslar, maktab-internatida «Diqqat barchaga» ogohlantirish signali bo‘yicha harakatlanish mashqlari o‘rin oldi.Tadbir davomida shuningdek, favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar ko‘rgan joylarni tartibga keltirish, yong‘in holatini bartaraf etish hamda o‘quvchi-yoshlarga favqulodda vaziyatlarda harakatlanish va yordam ko‘rsatish bo‘yicha keng tushunchalar berildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.