loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Galina Naumovaning shaxsiy ko‘rgazmasi

18 fevral kuni  O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida grafik rassom Galina Naumovaning “Rassom laboratoriyasi” nomli shaxsiy ko`rgazmasi ochildi.

Ko`rgazmada rassomning 70 ga yaqin ishlari namoyish qilindi.

Kim  Naumova Galina  1951 yil Saratov viloyati Komsomolsk shahrida tug`ilgan. 1956 yildan beri Chirchiq shahrida yashaydi.
1970 yilda  P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejini tamomlagan. 1978 yil  A. Ostrovskiy nomidagi teatr va san`at institutini tugatgan.
1975 yildan boshlab G`. G`ulom nomidagi nashriyotda ishlay boshladi. 1987-1990 yillarda “O`qituvchi” nashriyotining eksperimental bo`limida ishladi.
1989 yildan beri O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi.

Juda ko`plab kitob san`ati xalqaro va respublika tanlovlari sovrindori. Kitob dizayni, bolalar kitobi illyustratsiyasi, san`at, badiiy, ilmiy kitoblar badiiy bezagini yaratgan. Rassom hozirda batik, akvarel va noan`anaviy kompyuter grafikasi bilan shug`ullanadi.

Galina Naumova ushbu shaxsiy ko`rgazmasi haqida shunday deydi: “Avvalombor ko`rgazmamni ikki mavzuda taqdim etmoqdaman – bu “Kitob” va dastgohli grafika (moybo`yoq, akvarel, grafika), hayotimning katta qismini “Kitob”ga bag`ishladim. Bu asosan kitob bezagi, bolalar illyustratsiyasi.

Ko`rgazmamni “Rassom laboratoriyasi” deb nomlashimdan maqsad – rassom mavzu va obraz yaratishda doimo izlanishda bo`ladi. Bu juda ham qiyin ish – texnika, uslub, asboblar, material, fakturalarni izlash. Har doim yangi g`oyalar ustida sinov olib boriladi, tez – tez ish ustida mavzu, obraz va texnika o`zgarib turadi. Ma`lum bir vaqtda fikrlardan holi tarzda HAQIQIY IJOD boshlanadi! Faktura bilan o`yin, kompozitsiya konstruktsiyasi, ranglar bilan o`yin…Obrazlar mutlaqo erkin tarzda keladi, ular haqiqiy qo`l bilan qilinadigan bo`lishi mumkin: eski devorni suvash uslubi, g`ijimlangan qog`oz varaqlari, qariyaning yuzlaridagi ajinlar, bo`yalayotgan gravyura chiziqlarini eslatadigan…rassom ushbu toifalar bilan o`ynaydi. Men buni Ilohiy improviziatsiya deb hisoblayman”.

Ko`rgazma joriy yilning 28 fevraligacha davom etadi.

Xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlardagi eng zo`r kitoblari:

1. Petrushka – chet ellik 1982 yil
Respublika tanlovining 1 – darajali Diplomi.
Olma – Otadagi Respublikalararo konkursning 2 – darajali diplomi.
Xalqaro yarmarka – ko`rgazma ishtirokchisi, 1983 yil
2. “Metalldagi qo`shiq”, 1984 yil
Respublika tanlovining 1 – darajali Diplomi.
Respublikalararo konkursning 1 – darajali diplomi.
Xalqaro yarmarka – ko`rgazma ishtirokchisi, 1987 yil
3. “O`zbekiston kinosi”, 1986 yil
Respublika tanlovining 2-darajali Diplomi
4. “Yulduzlar sari qadam”, 1988 yil
Respublika tanlovining 2-darajali Diplomi
5. “Mianqal`a yodgorligi”, “Janubiy O`zbekistonning antik va ilk o`rta asrlar yodgorliklari ”, 1990 yil
Respublikalararo konkursning 2 – darajali Diplomi, Olma – Ota
6. 4 – sinf darsliklarining tashqi bezagi
Respublikalararo konkursning 2 – darajali Diplomi, Olma – Ota
Eng zo`r kitoblarning umumittifoq konkursi, Moskva, 3-darajali Diplom.
Badiiy tahrir uchun mukofotlar:
1. “Alisher Navoiy” plakat, 1982 yil
Respublikalararo konkursning 2 – darajali Diplomi, Olma – Ota
2. Komil Yormatov “Qaytish”,1985 yil
Respublikalararo konkursning 2 – darajali Diplomi, Dushanbe
3. L. Avdeyeva “M. Qori-Yuqubov”, 1985 yil
Respublikalararo konkursning 2 – darajali Diplomi, Dushanbe
4. I. Mankovskaya “Toshkentning 14-15 asr me`moriy yodgorliklari ”, 1985 yil
Respublikalararo konkursning 2 – darajali Diplomi, Dushanbe
5. S. Krukovskaya “Dunyodagi boyliklar”,1985 yil Respublikalararo konkursning 2 – darajali Diplomi, Dushanbe

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.