loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ijodkor yoshlar respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Joriy yilning 29-may – 1- iyun kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13- oktyabrdagi 226-son qaroriga asosan Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida Tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yo‘nalishlarida «Ijodkor yoshlar respublika tanlovi» o‘tkaziladi.

Tanlovda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlari, kollej va akademik litseylarning 266 nafar o‘quvchilari ishtirok etadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi joriy yilning 2-iyun kuni soat 11:00 da Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.