loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

IX Toshkent xalqaro zamonaviy san’at Biyennalesi

Ikuo Xiroyama xalqaro madaniyat karvon saroyi zallarini 35 yoshgacha bo‘lgan xorijiy va O‘zbekiston yosh rassomlari ijodiy asarlari ekspozitsiyadan joy oldi. Ko‘rgazmaning tantanali ochilishi dasturga ko‘ra 26 oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Xorijiy ishtirokchilardan Linda Verner (Germaniya) – “Sirt” raqamli dasturi, Edson Pavoni (Braziliya) – “Orbital ibodatxona”, Aleksandra Drujinina va Aleksandr Ryabsun (Rossiya) – “Sun’iy intellekt bilan muloqot”, videoart asarlari, Timur Amirxan (Ozarbayjon) – “Naqshlar” va “Varga va Gulshox: qaytarilmas” vizual installyatsiyalari bilan ishtirok etishmoqda. Shu bilan birga, ekspozitsiyadan o‘zbekistonlik yosh rassomlardan Danila Kudryavsev, Erik Kulmanov, Moxinur Maksumova, Elnur Egamov, Yigitali Sattorov va Ulug‘bek Yusupovlarning kompozitsiyalari o‘rin egallagan. Kamola Nishanova va Umid Alimovning “Lison ut-tayr” asariga ishlangan instalyatsiyasi namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.