loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Liboslarda aks etgan ranglar

O’zbekiston Badiiy akademiyasi, [01.05.2022 1:18]

Qarshi Davlat Universiteti hamda Badiiy Ijodkorlar uyushmasi hamkorligida 28-29 aprel  kunlari  soat  Qarshi Davlat Universiteti  San’atshunoslik fakulteti Rangtasvir (dastgohli) yo’nalishi 3- kurs talabasi Guli Erkinovaning ,,Liboslarda aks etgan ranglar” nomli shaxsiy ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Tadbirda Badiiy Ijodkorlar uyushmasi viloyat bo’limi  rahbari G’.Haydarov, Qarshi Davlat universiteti dekani E.Jabborov hamda Universitet o’qituvchilaridan I.Kamolov va R.Ibragimov, Qarshi Ixtisoslashtirilgan Madaniyat maktabi o’qituvchisi J.Salyamov hamda ijodkorning yaqinlari ishtirok etishdi. Tadbirni Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo’limi boshlig’Ii  G’.Haydarov ochib berdi. – Mazkur ko’rgazma boshqa ko’rgazmalardan farqli ravishda ijodkorni estetik qobiliyati uning asarlarida namoyon bo’lganiga guvoh bo’lishimiz mumkin, Yaratayotgan ijod namunalari san’at va dizaynerlik ixlosmandlarini mahliyo qilib kelishi bilan ahamiyatlidir.U yaratgan ijod namunalariga ko’z yuritar ekansiz  ularda o’zgacha ruh,ko’tarinki kayfiyat,yoshlarga hos shukuhni ko’rasiz.O’zi yosh bo’lishiga qaramay tinimsiz izlanishda bo’lgan Guli Erkinovaning ijodlariga ulakan zafarlar tilab qolamiz, – dedi G’.Haydarov.Yakuniy so’zni San’atshunoslik fakulteti dekani E.Jabborov  talabaning yutuqlari haqida so’zladi. Bularga misol qilib talaba 2020 yilda ,,Tasviriy va amaliy san’at’ ’online festivalida libos dizayni bo’yicha 1-o’rinni va xalqaro musoba yilda qalarda ham faxirli o’rinlarni egallagan. Guli Erkinova kabi yoshlarimizning xarakatlari oxir-oqibatda aniq tashabbusi bor,yangi-yangi g’oyalar bilan yurtimiz taraqqiyotiga xissa qo’shishga tayyor butun boshli bir avlodni bunyod qilishi shubhasizdir.

So’z yakunida E.Jabborov Badiiy akademiya Badiiy ijodkorlar uyushmasi rahbariyatiga fakultet nomidan minnatdorchilik bildirdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.