loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

MAʼLUMOT UCHUN!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 27 maydagi PQ-261-son qarorda belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini xarid qilish uchun 2022 yil 1 iyuldan boshlab har yili Madaniy meros jamg‘armasiga Davlat byudjetidan madaniy meros va muzeylar sohasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 apreldagi 209-son qaroriga muvofiq Madaniy meros agentligi huzurida Badiiy ekspertlar kengashi tuzilib, unga bir necha nafar O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzolari kiritilgan.Ushbu Badiiy ekspertlar kengashi tomonidan davlat muzeylariga madaniy boyliklarni, shu jumladan mustaqillik yillarida yaratilgan, yuksak badiiy qiymatga ega bo‘lgan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari xarid qilindi.Lekin, mazkur xaridga ajratilgan byudjet mablag‘lari sarflanishi O‘zbekiston Badiiy akademiyasining vakolatida emasligini maʼlum qilamiz.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.