loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Mahorat darsi o‘tkazildi

24-dekabr kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’аti muzeyi xodimlari Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatiga borishdi.Мaktab-internatda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi,miniatyura musavviri Kamol Mirzayev hamda muzey xodimlari tomonidan mahorat darslari oʻtkazildi. Mahorat darslari barcha oʻquvchilarda katta taassurot uygʻotdi. Faol oʻquvchilar muzey xodimlari tomonidan esdalik sovgalar bilan taqdirlandi. Muzey xodimlari ushbu maktabning XIX asrning ikkinchi yarmiga tegishli teleskoplar bilan jihozlangan muzeyi bilan tanishishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.