loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Makon va vaqt tashqarisida

27 mart – Xalqaro teatr kuniga bag‘ishlab O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida «Makon va vaqt tashqarisida» nomli ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.Ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining «Teatr, kino va animatsiya rassomlari» shoʻbasi tomonidan uyushtirildi.Ko‘rgazmada mualliflarning zamonaviy asarlari: rangtasvir, grafik ishlar, eskizlar, maketlar, shuningdek, videomateriallar, performans, installyatsiyalar va shakllar loyihalari taqdim etildi. Ko‘rgazma 10 aprelga qadar davom etadi.

Tatyana Fadeyeva, ko‘rgazma kuratori:

—»Makon va vaqt tashqarisida»ni o‘tkazishdan maqsad- keng jamoatchilikka mazkur yo‘nalishdagi turli tendensiyalar, yo‘nalishlarni ko‘rsatish, shu sohadagi nomlarni tanitish, shu barobarda, yosh ijodkor avlodni faollashtirish, ular ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bu kabi loyihalar sahna ijodkorlari qatorida yoshlar hamda badiiy taʼlim muassasalari talabalarinnig zamonaviy voqelikni idrok etishi, madaniy tafakkuri, bilimi va idrokining vizual tasviri, umumiy manzarasi va darajasini aks ettiradi. Ushba loyiha tomoshabinlarni qiziqtirishi shubhasiz, chunki teatr, kino va animatsiya rassomlari o‘zlarining serqirraligi, makon, vaqt bilan ishlash, ijro texnikasini tanlash erkinligi bilan ajralib turadi.»