loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Navbatdagi talabalar himoyasi

Shu kunlarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchilarining malakaviy ishi himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun,7-iyun kuni Institutning Tasviriy san’at fakulteti Teatr bezagi rangtasviri, Filmning tasviriy yechimi hamda Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi yо‘nalishlari talabalari bitiruv malakaviy ishi himoyasidan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Himoya boshida so‘zga chiqqan fakultet dekani Sh.Jumaniyazov hozirgi kunda о‘zbek kino, teatr va multfilm san’atining rivoji bugungi bitiruvchilarning yetuk mutaxassis bо‘lishlariga ham bog‘liq ekanligini, shu ma’noda ularning yelkasida ulkan mas’uliyat turganini ta’kidladi.

Himoyada talabalar «Graf Monte-Kristo», «Chor darvish», «Yulduzli chang», «Mening qattiqo‘l enagam», «Baron Myunxauzenning sarguzashtlari» va boshqa kо‘plab asarlarni sahna va ekran talqini uchun eskizlar yaratishga harakat qilishgan.Himoyada biniruvchilarga о‘z ustida yanada kо‘proq ishlab, ijodini boyitishda maslahatlar berildi.

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.