loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

O’zbekiston va Hindiston: hamkorlik mustahkamlanmoqda.

Bugun, 11-mart kuni Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Navoiy viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Hindiston elchixonasi hamkorligida “Hindistonning yozma merosi; hind-islom hattotlik sanʼati” nomli koʻrgazmaga start berildi.

Mazkur koʻrgazmada 50 dan ortiq hind madaniy merosi yodgorliklari hisoblangan hind – islom sanʼati namunalari koʻrgazmaga qoʻyildi. 

Shuningdek, Hindiston madaniy aloqalar kengashi prezidenti Janob Vinay Sahasrabuddhe, Hindistonning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxat, Toshkent shahridagi Lal Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi direktori Chander Shekharlar ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.

Tadbirda, ushbu koʻrgazma Hindiston va Oʻzbekiston davlatlari oʻrtasidagi aloqalarni har tomonlama rivojlantirishiga, ayniqsa doʻstlik va hamkorlik ishlarini yanada kengaytirishga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Koʻrgazma  7- aprelgacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.