Sayt test rejimida ishlamoqda! Сайт находится в тестовом режиме!
close-icon

Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00

/html/public/icons/header/call.png

+998 71 233-04-16

menu-icon

Mamlakatimiz o‘zining boy badiiy merosi bilan jahon san’ati va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan qadimiy sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida milliy badiiy an’analarning o‘ziga xosligini saqlab kelayotgani dunyonnig yetakchi san’at mutaxassislari tomonidan e’tirof etilgan.Shu o‘rinda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashkil topganidan beri o‘zbek tasviriy va amaliy san’ati hamda dizayn yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish, xalqimizning ushbu nafis san’atlarga bo‘lgan estetik ehtiyojini qondirish, keng yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ularga shart-sharoit yaratish, badiiy salohiyatini oshirish, zamon talablariga mos badiiy ta’lim tizimini keng yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq vazifalarni hal etib kelmoqda.Badiiy akademiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida» 1997 yil 23 yanvardagi PF-1701-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3219-son qaroriga muvofiq amalga oshirib kelmoqda.Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atini yanada rivojlantirish, shaxsiy va ijodiy ko‘rgazmalar uchun keng imkoniyatlar yaratib berish hamda ijodkorlarning badiiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar, ushbu yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari, tashkilotlar, atoqli madaniyat va san’at arboblari bilan ilg‘or tajribani almashish maqsadida har tomonlama ijodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ijodkorlar va iste’dodli yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza qilish, xalqimizning boy madaniy merosini, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn an’analarini rivojlantirish Badiiy akademiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi.