loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Paradoks

Toshkent fotosuratlar uyida rassom Elnur Egamovning «Paradoks» nomli shaxsiy ko’rgazmasi ochidi.Unda rassomning 50 ta asari o’rin olgan.
Asarlar o’zbek tasviriy san’atida yangi bir ijodiy texnikada, ya’ni redemeyd (ing.ready-made) texnikasida yaratilgan. Unda muallifning 5-6 yillik ijodiy izlanishlari natijasini ko’rishimiz mumkin.Inson hayotni anglash yo’lida turli chigalliklarga, aniq javobi yo’q savollarga duch kelishi barchamizga ayon, aynan shuning uchun ham ko’rgazmaning nomi «Paradoks» deb nomlanadi.Ko’rgazmadagi asarlarning mavzular ko’lami keng, jumladan: ijtmoiy tenglik, maishiy, ekologik fojealar, oziq-ovqat yetishmasligi muammosi, gender tenglik va yana jamiyatni ichidan yemirayotgan ko’plab mavzularga bag’ishlangan asarlar o’rin olgan.Ushbu ko’rgazmaning ahamiyati shundaki, u nafaqat badiiy, balki ijtimoiy-tadqiqot ob’yekti vazifasini ham bajaradi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.