loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ranglarda qalb aksi

Yoshlar ishlari agentligida Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining iqtidorli o‘quvchi qizlari – Akromjonova Madinabonu va Lutfillayeva Odinaxonning “Qalbim aksi palitra ranglarida” nomli ijodiy ishlar ko`rgazmasi ochildi. Ko`rgazmada o`quvchilarning 100 ga yaqin ijodiy ishlari namoyish etildi.Ko`rgazmaning ochilish marosimida O`zbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Obidjonova so`zga chiqdi, qizlar ijodiga to‘xtaldi, ularga kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi va O`zbekiston Badiiy akademiyasi diplomini topshirdi.Tadbirda boshqa tashkilot, muassasa vakillari ham ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ko’rgazmada Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 9-10- sinf o`quvchilari va gurux raxbarlari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.