loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Rassom kumush oldi

Oʼzbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti Teatr bezagi rangtasviri kafedrasi dotsenti Fadeyeva Tatyana Valerevna “Makon va vaqt tashqarisida” ko‘rgazmasini kurator sifatida munosib tashkil qilgani uchun hamda ko‘rgazmadagi munosib ishtiroki uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasining «Kumush medali” bilan taqdirlandi.Tatyana Fadeyeva ijodiy faoliyati davomida o‘quv qo‘llanma, katalog, mutaxassislik fanlaridan dastur va majmualar yaratgan, 30 dan ortiq spektakllarga sahna bezagi ishlagan, mahoratli pedagog sifatida esa 30 dan ortiq talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilgan. Uning ijodiy faoliyati e’tirof etilib “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni sohibasi bo‘lgan.

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.