loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Samarqand ohanglari

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Samarqandlik rassom Dilorom Rahimovaning “Samarqand ohanglari” nomli shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada rassomning 50 yaqin rangtasvir ishlari namoyishga. Dilorom Rahimova – 1958 yili Tojikistonning Dushanbe shahrida tug`ilgan. 1973-1977 yillarda Dushanbe shahridagi Respublika Bbadiiy bilim yurtida tehsil olgan. 1977-1982 yillarda AN Ostrovskiy nomidagi Teatr va rassomchilik institutida o`qigan. 1982 yilda Samarqandga ko`chib kelgan va qizg`in ijod bilan shug`ullana boshlagan. 1983-1994 yillar – Badiiy Fond ustaxonasida ishlagan. 2002-2007 yillar – Samarqand shahridagi XA Abdurasulov nomidagi san`at kollejida o`quvchilarga dars bergan. Dilorom Rahimova – 2003 yildan beri O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi. Rassom ko`plab respublika va xalqaro ko`rgazmalar ishtirokchisi. 2018 yil – Samarqand shahrida yubiley koʻrgazmasini oʻtkazgan. 2019 yil – Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida “Jonajon yurtim” nomli shaxsiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan. Rassom Dilorom Rahimova Samarqandni juda yaxshi ko`radi. Uning tabiati, tarixiy obidalari ijodkorni ohanrabodek o`ziga tortadi. Rangtasvirda ishlagan yillardagi ishlaridan “Shahar manzarasi”, “Samarqand ko`chalari”, “Issiq yoz”, “Ko`k gumbaz” kabilar yurtga bo`lgan muhabbat va faxr tuyg`usi sezilib turadi. , rassom jonivorlarni yaxshi ko`radi, ayniqsa, “Mushuk bilan portret”, “Mushuk” kabi asarlari buning yaqqol isbotdir. Samarqandning bahavo tabiati, zilol suvlarini rassom nazaridan qochirmagan. “Qushlar sayrashi”, “Daryo oldida”, “Qish tugashi” kabilar shular jumlasidan.

Ko`rgazma orqali 9 maygacha davom etadi.

 

 

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.