loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

San’atga bag‘ishlangan umr

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida usta naqqosh Hikmatulla Fayzullayev va uning shogirdlari “San’atga bag‘ishlangan umr” nomli ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada Hikmatulla Fayzullaev va uning shogirdlari: Burxonxo‘ja Mansurxo‘jayev, Xojiakbar Inog‘omxo‘jayev, Yusuf Shokirov, Guliruh Normaxmatova, Iroda Saidkarimova, Nilufar Murodova, Izzat Abdurahmonov, Humoyun Abdulazizov, A’zam Mansurov, Jahongir Tursunboyev, Hayotbek Meliboyev, Qahramon Turg‘unov asarlari namoyish etilmoqda.

Usta shogirdlari bilan ko‘plab davlat tasarrufidagi binolarning bezak ishlarini olib bordilar. Misol uchun Samarqandagi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov maqbarasi, Jizzax, Samarqand. Urganch shahridagi Prezident Rezidensiyalarining interyer bezaklari, Jizzax Shahri Musiqa va drama teatri, Toshkent shahridagi To‘labek maqbarasi ichki qismi shift va devorlari bezagi,Navro‘z bog‘I va yana ko‘plab katta-katta ob’yektlarni birga ishlashgan.

2019-2020 o‘quv yillarida o‘zlari ta’lim olayotgan maktab binosini kirish qismi, ya’ni, foyesini ustoz homiyligida Toshkent naqsh kompozitsiyalari bilan mustaqil yaratib, barchani lol qoldirib, ustozlar ishonchini oqladi.
Naqqoshlik san’ati uzoq mehnat va sabr talab etadi. Hozirgikunda Hikmatulla Fayzullayev nafaqada bo‘lsalarda shogirdlari kamoli yo‘lida tengma-teng faoliyat bormoqdalar.

Ko‘rgazma joriy yilning to 6-iyungacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.